Artel Angled G160 Black Glass [6/42] O zbekcha

Artel Angled G160 Black Glass [6/42] O zbekcha
FILTRLASH REJIMIDA O'RNATISH:
BU MUHIM: Qurilma elektr plita yuzasidan eng kamida 650 mm va gaz-elektr plita yuzasidan eng
kamida 750 mm balandlikda o'rnatilishi kerak.
HAVO TORTISH REJIMIDA O'RNATISH:
Havo tortish qurilmasini o'rnatishdan oldin havoni tashqariga chiqarib yuborish uchun o'rnatilishi
kerak. Buning uchun etkazib berish to'plamida taqdim qilinadigan quvurdan foydalaning. Quvur o'tkazish
jarayonida bittadan ortiq egilgan (bukilgan) joy, shuningdek o'tkir burchak ostida (bukilgan) joylar
bo'lmasligiga alohida diqqat-e'tibor qarating (maksimal egilish burchagi: 90°). Quvur ko'ndalang kesimining
biror-bir keskin o'zgarishlariga (shakli o'zgarishlariga) yo'l qo'ymang. (3-rasm)
Teskari klapan tavaqasini havo tortish qisqa quvuri tayanch teshiklariga o'rnating, bunda klapanning
har ikki tavaqasi oson ochilishi va yopiq holatda mustaqil ravishda qaytarilishi kerak.
Maxsus quvirni havo tortish qurilmasi tayanch teshiklariga (har ikki tomondan) o’rnating!
Elektr tokiga ulash uchun o’zingizga qulay bo’lgan maxsus teshikdan foydalaning!
Devorga mahkamlash: O'rnatishdan oldin Siz tanlagan devor ushbu havo tortish qurilmasi og'irligini
ko'tara olishiga ishonch hosil qiling. Devorda plitaga nisbatan vertikal chiziq belgilang. Havo chiqish uchun
teshik holatini belgilab qo'ying: u xohish-istagingizga qarab, devor yoki shiftda bo'lishi mumkin, biroq havo
tortish qurilmasi bilan bitta vertikal chiziqda bo'lishi kerak. Devorda havo chiqish uchun teshik holatini
belgilang va parmalab teshing (125 mm diametrda). Mo'ri (quvur)ni yuqorida qayd etilgan tavsiyalarga
muvofiq o'tkazing. Havo tortish qurilmasini mahkamlash uchun. 4 ta teshik holatini belgilab qo'ying. 4 ta
teshikni parmalab teshing va yetkazib berish to'plamidagi 4 ta vintli ankerni o'rnating. Yekazib berish
to'plamidagi 2 ta vintni oling va ularni yuqori ankerlarga o'rnating, biroq to'liq burab mahkamlamang. 2 ta
vintga havo tortish qurilmasini osib qo'ying. 2 ta vintni to'liq burab mahkamlang. So'ngra o'rnatishni
yakunlash uchun 2 ta pastki vintni o'rnating va burab mahkamlang. Qurilmadan havo chiqish joyida kanalni
toraytirish uchun o'tkazish moslamasini o'rnating (zarur hollarda, etkazib berish to'plamiga kiradi). Mo'ri
(quvur)ni o'tkazish moslamasiga mahkamlang. Kronshteyn yordamida mo'ri (quvur) qoplamasi bo'lmasini
o'rnating va mahkamlab qo'ying. Elektr tarmoqqa ulanishni amalga oshiring.
Shuningdek, havo tortish rejimida ko'mir filtrlaridan foydalanish talab qilinmasligini ham yodda tuting;
agar ular o'rnatilgan bo'lsa, ularni chiqarib oling. Buning uchun ushbu filtrlarni soat millariga qarshi yo'nalish
bo'yicha oxiriga tiralgunga qadar burang, havo tortish qurilmasi ventilyatori korpusidan filtrlarni chiqarib
oling. Bunda haddan tashqari ko'p kuch ishlatmang, bu qurilmaning sinishiga olib kelishi mumkin.
3-rasm
O’ZBEKCHA
4

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения