Artel Angled G160 Black Glass [5/42] O zbekcha

Artel Angled G160 Black Glass [5/42] O zbekcha
1-rasm
OGOHLANTIRISH
Mazkur qurilma faqat xona ichida foydalanish uchun mo'ljallangan.
Havo tortish qurilmasi ishlab turganda filtrlarni tekshirmang.
Havo tortish qurilmasini elektr tarmoq ta'minotidan ho'l qo'llar bilan uzib qo'ymang.
Taom qovurish jarayonini nazorat qilib turing, chunki ortiqcha qizitilgan yog' yonib ketishi mumkin.
Har qanday turdagi xizmat ko'rsatilishidan oldin havo tortish qurilmasini elektr tarmoq ta'minotidan
uzib qo'ying.
Bolalar elektr uskunalaridan foydalanish xavfidan bexabar bo'ladilar. Shu tufayli mazkur qurilma faqat
kattalar kuzatuvi ostida ishlatilishi va bolalarning qo'li etmaydigan joyda saqlanishi kerak.
Mazkur qurilma jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan, shuningdek yetarli darajada
tajriba va bilimlarga ega bo'lmagan shaxslar (shu jumladan bolalar) tomonidan foydalanish uchun
mo'ljallanmagan, ularning xavfsizligi uchun mas'ul shaxsning nazorati ostida bo'lgan yoki qurilmadan
foydalanish qoidalari bilan oldindan tanishib chiqilgan holatlar bundan mustasno. Bolalar tomonidan havo
tortish qurilmasidan foydalanish har doim nazorat ostida amalga oshirilishi, ushbu qurilma bilan o'yinlarga
yo'l qo'yilmasligi kerak.
Tozalash ko'rsatmalarga muvofiq amalga oshirilmasa, alangalanish xavfi mavjud.
Havo tortish qurilmasi ostida flambe oshpazlik usulidan foydalanmang.
Havo tortish qurilmasini (bug' qozonlar, kaminlar va h.k.) mo'ri kanallariga ulamang.
*(zanglamaydigan po'latdan tayyorlangan korpusli modellar uchun).
Montaj qilingandan so'ng shu zahoti himoya plyonkasini olib tashlash kerak.
Mazkur qurilma havo tortish yoki havo almashtirish (retsirkulyatsiya) rejimida o'rnatilishi mumkin.
Havo tortish rejimi (1-rasm): Mazkur qurilma xonadan bug'lar va hidlar bilan to'yingan havoni tortib
oladi, uni yog' yutgich filtrlar orqali o'tkazadi (modeliga qarab, mavjud bo'lganda) va mo'ri orqali tashqariga
chiqarib yuboradi. Ushbu rejimda ko'mir filtrlari talab qilinmaydi.
O'RNATISH
Havo almashtirish (retsirkulyatsiya) rejimi (2-rasm): Mazkur qurilma xonadan bug'lar va hidlar bilan
to'yingan havoni tortib oladi, uni yog' yutgich filtrlar va ko'mir filtrlari orqali tozalaydi hamda xonaga toza
havoni qaytaradi. Samaradorligini bir maromda saqlash uchun ko'mir filtrlari vaqti-vaqti bilan almashtirib
turilishi kerak.
Siz o'rnatish turini (havoni filtrlash yoki tortish) avval boshdan tanlashingiz kerak. Samaradorligini
oshirish uchun ushbu qurilmani havo tortish rejimida o'rnatishni (agar buning imkoniyati bo'lsa) tavsiya
qilamiz.
2-rasm
O’ZBEKCHA
3

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения