Beko MOC20100BFB [66/78] Xavfsizlik va atrof muhit boʻyicha

Beko MOC20100BFB [66/78] Xavfsizlik va atrof muhit boʻyicha
Mikrotoʻlqinli pech / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
66 / UZ
Mahsulot va uning quvvat
kabelini 8 yoshgacha
boʻlgan bolalar qoʻli
yetmaydigan joyda
saqlang.
Oziq-ovqat mahsulotlarini
toʻgʻridan-toʻgʻri shisha
patnis ustida pishirmang.
Oziq-ovqat mahsulotlarini
pechga qoʻyishdan oldin
ularni tegishli oshxona
idishlariga soling.
Mikrotoʻlqinli pechda
taom pishirish moyabnida
oziq-ovqat va ichimlik
mahsulotlarining metall
idishlaridan foydalanishga
ruxsat berilmaydi. Aks
holda, uchqun yuzaga
kelishi mumkin.
Ushbu mahsulot oʻrnatish
uchun moʻljallanmagan.
Foydalanilayotgan vaqtda
mahsulotni shkaf yoki quti
ichiga joylashtirmang.
1.2 “WEEE” yoʻriqnomasi
va “Chiqindi mahsulotlarini
utilizatsiya qilish” qoidalari
bilan muvofiqlik:
Ushbu mahsulot Yevropa Ittifoqining
“WEEE” yoʻriqnomasiga (2012/19/YI)
mos keladi. Ushbu mahsulot elektr va
elektron uskuna chiqindilari (WEEE)
uchun tasniflash belgisiga ega.
Ushbu belgi mahsulot xizmat
qilish muddati tugagandan
soʻng boshqa maishiy
chiqindilar bilan birga
utilizatsiya qilinmasligini
bildiradi. Ishlatilgan qurilma elektr va
elektron qurilmalarni qayta ishlash
uchun rasmiy yigʻish punktiga qaytarilishi
kerak. Bunday yigʻish tizimlarini topish
uchun mahalliy hokimiyat organlariga
yoki mahsulot sotib olingan chakana
savdo xodimiga murojaat qiling. Har bir
xoʻjalik eski jihozni qayta tiklash va qayta
ishlashda muhim rol oʻynaydi. Ishlatilgan
jihozni toʻgʻri usulda utilizatsiya qilish
atrof-muhit va inson salomatligida
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy
oqibatlarning oldini olishga yordam
beradi.
1.3 “Xavfli moddalarni
cheklash boʻyicha
yoʻriqnoma” (RoHS) bilan
muvofiqlik
Siz sotib olgan mahsulot Yevropa
Ittifoqining “RoHS” yoʻriqnomasiga
(2011/65/YI) mos keladi. Unda
yoʻriqnomada koʻrsatilgan zararli va
taqiqlangan materiallar mavjud emas.
1.4 Qadoq maʼlumotlari
Mahsulotning qadoqlash
materiallari “Milliy atrof-muhit
ekologiyasi normalari”ga
muvofiq qayta ishlanadigan
materiallardan ishlab chiqarilgan.
Qadoqlash materiallarini maishiy yoki
boshqa chiqindilar bilan birga utilizatsiya
qilmang. Ularni mahalliy hokimiyat
tomonidan belgilangan qadoqlash
materiallarini yigʻish punktlariga olib
boring.
1 Xavfsizlik va atrof-muhit boʻyicha
muhim koʻrsatmalar

Содержание

Похожие устройства

Скачать