Beko MOC20100BFB [70/78] Oʻrnatish va ulash

Beko MOC20100BFB [70/78] Oʻrnatish va ulash
Mikrotoʻlqinli pech / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
70 / UZ
3 Oʻrnatish va ulash
pishirish mobaynida ovqatlarni bir
marta aylantiring. Qovurilgan goʻsht
kabi katta hajmdagi narsalarni kamida
bir marta aylantirish kerak.
5. Goʻshtli sharlar kabi ovqatlarni
pishirish jarayonining yarmida ularni
yuqoridan pastga, idishning oʻrtasidan
tashqariga qarab joylashtiring.
3.4 Yerga ulash boʻyicha
koʻrsatmalar
Jihoz yerga ulanishi kerak. Ushbu pech
yerga ulash vilkasi va yerga ulash simiga
ega boʻlgan shnur bilan jihozlangan.
U toʻgʻri oʻrnatilgan va yerga ulangan
devor rozetkasiga ulanishi kerak.
Qisqa elektr tutashuvi yuz bergan
hollarda yerga ulash elektr toki uchun
oʻtkazuvchi simni taʼminlash orqali
elektr toki urishi xavfini kamaytiradi.
Faqat pech uchun moʻljallangan alohida
zanjirdan foydalanish tavsiya etiladi.
Yuqori kuchlanishdan foydalanish xavfli
hisoblanadi, bu yongʻin yoki pechning
shikastlanishiga olib keluvchi boshqa
baxtsiz hodisalarga sabab boʻlishi
mumkin.
B
OGOHLANTIRISH: Yerga
ulash vilkasini notoʻgʻri
ishlatish elektr toki urishiga
olib kelishi mumkin.
B
Agar sizda yerga ulash
yoki elektr koʻrsatmalari
borasida savollaringiz
boʻlsa, malakali elektrik yoki
xizmat koʻrsatuvchi xodimga
murojaat qiling.
B
Na ishlab chiqaruvchi, na
sotuvchi elektr tarmogʻiga
ulanish tartib-qoidalariga
rioya qilmaslik oqibatida
pechning shikastlanishi
yoki tan jarohatlari uchun
javobgarlikni oʻz zimmasiga
olmaydi.
Ushbu kabel tarmogʻidagi simlar
quyidagi kodga muvofiq ranglanadi:
Yashil va sariq = YER
Koʻk = NEYTRAL
JIGARRANG = MUSBAT
3.5 Idishlar boʻyicha
yoʻriqnoma
1. Mikrotoʻlqinlar metalldan oʻtolmaydi.
Faqat mikrotoʻlqinli pechlarda
foydalanish uchun mos boʻlgan
idishlardan foydalaning. Mikrotoʻlqinli
pechda taom pishirish moyabnida
oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlarining
metall idishlaridan foydalanishga
ruxsat berilmaydi. Agar ishlab
chiqaruvchi mikrotoʻlqinli pechda
pishirish uchun mos keladigan metall
idishlar hajmi va shaklini belgilab
bergan boʻlsa, bu talab qoʻllanilmaydi.
2. Mikrotoʻlqinli pech metalldan
oʻtolmaydi, shuning uchun metall
idishlar yoki metall bezakli idishlar
ishlatilmasligi kerak.
3. Mikrotoʻlqinli pechda taom pishirishda
qayta ishlangan qogʻoz mahsulotlarini
ishlatmang, chunki ular uchqun va/
yoki yongʻinga sabab boʻlishi mumkin
boʻlgan kichik metall parchalaridan
iborat boʻlishi mumkin.
4. Toʻrtburchak/choʻzinchoq shakldagi
idishlardan koʻra aylana/ovalsimon
idishlar tavsiya etiladi, chunki
burchaklardagi ovqat haddan ortiq
darajada pishib ketadi.

Содержание

Похожие устройства

Скачать