Beko MOC20100BFB [73/78] Ishlatish

Beko MOC20100BFB [73/78] Ishlatish
Mikrotoʻlqinli pech / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
73 / UZ
A
DIQQAT: Belgilangan
pishirish vaqti tugamasdan
ovqat pechdan
chiqarilganda yoki pechdan
foydalanilmayotganda
taymerni har doim nol
holatiga qaytaring. Pishirish
jarayonida pechni toʻxtatish
uchun eshikni qulfdan
chiqarish tugmasini bosing
yoki eshikni tutqichidan
ushlab oching.
4 Ishlatish
5.1 Tozalash va parvarishlash
A
OGOHLANTIRISH: Jihozni
tozalash uchun hech
qachon benzin, erituvchi,
abraziv tozalash vositalari,
metall buyumlar yoki qattiq
choʻtkalardan foydalanmang.
B
OGOHLANTIRISH: Hech
qachon jihozni yoki uning
elektr kabelini suvga yoki
boshqa suyuqliklarga
botirmang.
1. Tozalashdan oldin pechni oʻchiring va
elektr vilkasini devordagi rozetkadan
chiqarib oling.
2. Pech ichini toza saqlang. Ovqat
sachraganfa yoki toʻkilgan suyuqlik
pech devorlariga yopishib qolganda,
nam mato bilan artib oling. Agar pech
juda ifloslangan boʻlsa, yumshoq
yuvish vositasidan foydalanish
mumkin. Spreylar va boshqa oʻtkir
tozalash vositalaridan saqlaning,
chunki ular eshik yuzasini dogʻ qilishi,
qirishi yoki xiralashtirishi mumkin.
3. Tashqi yuzalarni nam mato bilan
tozalash kerak. Pechning ichidagi
5 Tozalash va parvarishlash
ishlovchi qismlarga zarar yetkazmaslik
uchun suvning ventilyatsiya
teshiklariga kirishiga yoʻl qoʻymaslik
kerak.
4. Eshik va oynaning ikkala tomonini,
eshik zichlagichlari va yondosh
qismlarini tez-tez nam mato bilan
artish, toʻkilgan yoki sargachan
narsalarni tozalash kerak. Abraziv
tozalash vositalaridan foydalanmang.
5. Bugʻli tozalagichdan foydalanmang.
6. Boshqaruv paneli nam boʻlishiga
yoʻl qoʻymang. Yumshoq, nam mato
bilan tozalang. Boshqaruv panelini
tozalayotganda pech tasodifan ishga
tushishining oldini olish uchun pech
eshigini ochiq qoldiring.
7. Agar pech eshigining tashqarisida
yoki ichida bugʻ toʻplanib qolsa,
yumshoq mato bilan artib oling.
Bu mikrotoʻlqinli pech yuqori nam
sharoitda ishlatilganda yuz berishi
mumkin. Va bu normal hisoblanadi.
8. Vaqti-vaqti bilan shisha patnisni
tozalash uchun chiqarib olish kerak.
Patnisni iliq koʻpikli suvda yoki idish
yuvish mashinasida yuving.

Содержание

Похожие устройства

Скачать