Samsung Bespoke Jet Complete+ VS20A95943N Руководство по эксплуатации онлайн [105/136] 804831

Samsung Bespoke Jet Complete+ VS20A95943N Руководство по эксплуатации онлайн [105/136] 804831
O'zbek 5
Xavfsizlik ma’lumoti
Quyidagi narsalarni yigʻib olmang. Qurilma noto‘g‘ri ishlashi yoki shikastlanishi
mumkin.
Gugurt yoki oʻchirilmagan kullar yoki sigaretlar
Ogʻir yoki oʻtkir jismlar.
Zaharli moddalar (xlorli oqartirgich, ammiak, kanalizatsiya quvurlari
tozalagichi va h.k.)
Suv yoki ichimliklar kabi suyuqliklar yoki hayvonlarning qoldiqlari
Boʻr kukuni
Agar gaz sizib chiqayotgan bo‘lsa yoki chang ketkazgich kabi yonuvchan aerozol
ishlatilgan bo‘lsa, rozetkaga teginmang va derazani ochib, xonani shamollating.
Portlash yoki yong‘in ro‘y berishi mumkin.
Agar jihozdan g‘ayrioddiy shovqin, hid yoki tutun chiqsa, uni darhol o‘chiring va
Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
Tok urishi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
Changyutkichdan foydalanayotganda harakatlanayotgan yoki aylanayotgan
qismlari tegib ketmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.
Tanangiz qismlarini (soch, qoʻllar va h.k.) aylanadigan choʻtka yoki
aylanadigan diskdan chetda tuting.
Devor yoki shiftni har ikkala qo‘lingizda tozalang.
Agar bitta qo‘lda tozalasangiz, bilagingiz shikastlanishi yoki changyutkich
tushib ketib, jarohat yetkazishi yoki changyutkichga zarar yetishi mumkin.
Yengil tirnaladigan narsalarda (monitorlar, zang bosmaydigan qurilmalar va
boshqalar) chagyutkichdan foydalanmang.
Ba’zida cho‘tka g‘ildiragi polni qirishi mumkin. Changyutkichni ishlatishdan
oldin choʻtkaning gʻildiraklarini tekshirib koring.
Agar cho‘tka g‘ildiragidagi yot jismni osonlikcha olib tashlab bo‘lmasa,
Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.

Содержание

Похожие устройства