Samsung Bespoke Jet Complete+ VS20A95943N [104/136] Changyutkich

Samsung Bespoke Jet Complete+ VS20A95943N [104/136] Changyutkich
Xavfsizlik ma’lumoti
O'zbek4
Xavfsizlik ma’lumoti
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va
tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin
emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu qurilmadan
foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar bundan
mustasno. Bolalar kattalarning ishtirokisiz changyutkichdan foydalanmasligi
yoki unga texnik xizmat ko‘rsatmasligi kerak.
Changyutkich hech qachon nazoratsiz holda ishlab turmasin.
Bu qurilma faqat uy ichida foydalanishga mo‘ljallangan. (Bu jihozni
mo‘ljallanganidan boshqa maqsadda ishlatmang.)
Bolalar jihoz ustiga minib olishi yoki o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymang.
Tan jarohati yetishi yoki qurilma shikastlanishi mumkin.
Changyutkich
Changyutkichni yig‘ish paytida uning harakatlanish buklamasiga
barmoqlaringizni yoki qo‘lingizni urib olmang.
Changyutkichni ho‘l to‘shama yoki pol ustida ishlatmang.
Jihozni quyidagi joylarda ishlatmang;
Polga sham yoki stol lampasi qo‘yilgan joyda.
Isitkichlar yoqilgan yoki oʻchirilmagan kul kamin yoki kuldonda nazoratsiz
qoldirilgan joylarda.
Moyli boʻyoq, boʻyoq ketkizgich, kuya oʻtkazmaydigan moddalar, benzin,
spirt, suyultirgich kabi o‘t oluvchi moddalar, o‘chmagan sigaretli kuldon va
hokazolar bor joyda.
Portlovchi yoki zaharli bugʻ bilan toʻla yopiq joyda.

Содержание

Похожие устройства