Samsung MG23K3614AS/BW [119/0] Qo lda muzdan tushirish

Samsung MG23K3614AS/BW [119/0] Qo lda muzdan tushirish
O'zbek 23
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Chaqaloq ovqati va sutini isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida
foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt
Bolalar taomi
(Sabzavotlar + Go'sht)
190 g 600 Vt 30 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopilgan holda pishiring.
Tayyorlash vaqtidan keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval
yaxshilab aralashtiring va haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa
kuting.
Go‘dak bo‘tqasi
(Yorma + Sut + Meva)
190 g 600 Vt 20 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopilgan holda pishiring.
Tayyorlash vaqtidan keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval
yaxshilab aralashtiring va haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa
kuting.
Bolalar suti 100 ml 300 Vt 30-40 son.
200 ml 50 soniyadan
1 daqiqagacha
Ko'rsatmalar
Yaxshilab silkiting yoki aralashtiring va sterillangan shisha butilkaga
quying. Butilkani aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Qopqog'ini
yopmasdan tayyorlang. Yaxshilab chayqating va kamida 3 daqiqa
kuting. Bolaga berishdan avval butilkani yaxshilab silkiting va
haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Qo‘lda muzdan tushirish
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli hisoblanadi.
Mikroto'lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan tushiradi. Bu siznikiga
kutilmagan mehmonlar kelgan vaqtda ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi kerak. Qadoqdan
metall simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil bo'luvchi suvning oqib ketishini ta'minlash
uchun muzdan tushirishdan avval tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan tushirish vaqtining
yarmi o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa, to'king va
imkoni boricha ichak-chovoqlarini chiqarib tashlang.
Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.
Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu qismlarni muzdan tushirish
vaqtida kichik tekis alyumin folgalarga o'ragan holda ularni to'sib qo'yish mumkin.
Agar parrandaning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni to'xtating va davom
ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.
Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni bir oz shundoq
qoldiring. To'liq muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan tushirilayotgan mahsulotlarning
miqdoriga bog'liq holda har xil bo'lishi mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.
IZOH
Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va kam miqdordagi mahsulotlar ko'plariga qaraganda
tezroq muzdan tushadi. Bu maslahatni mahsulotlarni muzlatish va muzdan tushirishda yodda tuting.
Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda quyidagi
jadvalga amal qiling.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Go'sht
Mol go'shti qiymasi 250 g
500 g
180 Vt 6½-7½
10-12
Cho'chqa go'shtidan
tayyorlangan
steyklar
250 g 180 Vt 7½-8½
Ko'rsatmalar
Go'shtni tekis sopol idishga joylashtiring. Chetlarini alyuminiy folga bilan
ingichka yoping. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.
5-25 daqiqa kuting.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 23 2019-04-24  6:28:57

Содержание

Похожие устройства

Скачать