Samsung MG23K3614AS/BW [123/0] Foydali maslahatlar

Samsung MG23K3614AS/BW [123/0] Foydali maslahatlar
O'zbek 27
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Qiyom tayyorlash (pishiriq va pechenye uchun)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 ml sovuq suv bilan
aralashtiring.
Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof rangga
kirgunicha 800 Vt quvvatdan foydalanib 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang.
Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
Jem tayyorlash
600 g mevani (masalan, reza mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan
qopqoqli idishga soling. Konservalash uchun 300 g shakar qo‘shing va yaxshilab
aralashtiring. Qopqoqni yopgan holda 800 Vt quvvatda 10-12 daqiqa tayyorlang.
Tayyorlash vaqtida bir necha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun
mo'ljallangan kichkina bankachalarga soling. 5 daqiqaga qopqog‘ini pastga qilib qo‘ying.
Puding/shirin krem tayyorlash
Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi
ko'rsatmalariga amal qilgan holda qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa
chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Qopqoqni yopgan holda 800 Vt
quvvatda 6½ daqiqadan 7½ daqiqagacha pishiring.
Tayyorlash jarayonida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
Bodom bo‘lakchalarini qizartirish
30 g bodom bo‘lakchalarini o‘rtacha o‘lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib
yoying.
600 Vt quvvatda 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang, tayyorlash vaqtida bir
necha marta aralashtiring.
Pechda 2-3 daqiqa qoldiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
Yangi mahsulotlar Porsiya hajmi Quvvat 1-qadam (min.) 2-qadam (min.)
Pishirilgan olmalar 1 ta olma
(taxminan 200 g)
300 Vt + Gril 4-4½ -
2 ta olma
(taxminan 400 g)
6-7
Ko'rsatmalar
Olmalarning o'rtasini o'ying va unga mayiz va murabbo soling. Ularning
ustiga bodom bo'laklarini qo'ying. Olmalarni tekis issiqqa chidamli
shisha idishga joylashtiring. Idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnisga
joylashtiring.
Qovurilgan tovuq MT + Gril 450 Vt + Gril 300 Vt + Gril
1200 g 22-24 23-25
Ko'rsatmalar
Tovuqni yog' bilan yog'lang va ziravorlar seping. Birinchi tovuqni
ko'kragini pastga qaratgan holda, ikkinchi tovuqni ko'kragini tepaga
qaratgan holda issiqqa chidamli idishga qo'ying. Grilda tayyorlagandan
keyin 5 daqiqa kuting.
Foydali maslahatlar
Qotgan asalni eritish
20 g qotgan asalni kichkina chuqur shisha idishga soling.
Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
Jelatinni eritish
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling.
Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.
300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring.
Eriganidan keyin aralashtiring.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 27 2019-04-24  6:28:57

Содержание

Похожие устройства

Скачать