Samsung MG23K3614AS/BW [120/0] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma

Samsung MG23K3614AS/BW [120/0] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma
24 O'zbek
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Parranda
Tovuq bo'laklari 500 g (2 dona) 180 Vt 14½-15½
Butun tovuq 900 g 180 Vt 28-30
Ko'rsatmalar
Avval tovuq bo'laklarini po'stini pastga qilgan holda tekis sopol idishga
soling. Qanotchalari va oyoq uchlari kabi nozik joylarini alyumin folga
bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.
15-40 daqiqa kuting.
Baliq
Baliq filesi 250 g (2 dona)
400 g (4 dona)
180 Vt 6-7
12-13
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan baliqni tekis sopol idish o'rtasiga qo'ying. Ingichka bo'laklarini
qalinlarining tagiga joylashtiring. Ingichka qirralarini alyumin folga
bilan o'rang. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring.
5-15 daqiqa kuting.
Mevalar
Reza mevalar 250 g 180 Vt 6-7
Ko'rsatmalar
Mevalarni tekis doirasimon shisha (katta diametrga ega bo'lgan) idishga
yupqa qatlam qilib yoying. 5-10 daqiqa kuting.
Non
Bulochka (har biri
taxminan 50 g)
2 dona
4 dona
180 Vt ½-1
2-2½
Tost/Sendvich 250 g 180 Vt 4½-5
Nemischa non
(Bug‘doy + Javdar
uni)
500 g 180 Vt 8-10
Ko'rsatmalar
Aylanish patnisining o'rtasiga qog'ozli oshxona sochig'ining ustiga
bulochkalarni aylana qilib, nonni esa gorizontal shaklda qo'ying. Muzdan
tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'daring. 5-20 daqiqa kuting.
Gril
Grilning qizdiruvchi elementlari pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan. Ular
faqat pech eshikchasi yopilgan, patnis esa aylanayotgandagina ishlaydi. Patnisning
aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Agar gril 3-5 daqiqa qizdirib
olinsa, tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril rejimi uchun oxshona anjomlari:
Tarkibida metall mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish
kerak. Plastmassa idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Ezilgan go'shtlar, sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son
go'shtlari, baliqning yupqa bo'laklari, sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha
turlari.
Muhim izoh:
Faqat gril rejimidan foydalanilgan hollarda, agar ko'rsatmalarda boshqacha
ko'rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylashtirish kerakligini yodda tuting.
MG23K3614AK_BW_DE68-04547P-00_UZ.indd 24 2019-04-24  6:28:57

Содержание

Похожие устройства

Скачать