Samsung GE83MRTQS/BW [153/192] Xavfsizlik to g risida ma lumotlar

Samsung GE83MRTQS/BW [153/192] Xavfsizlik to g risida ma lumotlar
O'zbek - 9
01 XAVFSIZLIK TO'G'RISIDA MA'LUMOTLAR
Chang va suv kabi begona moddalarni ketkazish uchun elektr
manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylarini muntazam
ravishda quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang va uning
ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang.
Gaz (propan, siqilgan gaz va b.) chiqish holatlari yuz berganda
darhol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga
tegmang.
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasiga ho'l qo'lingiz bilan tegmang.
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini
rozetkadan uzmang.
Barmoq yoki boshqa buyumlarni tiqmang. Agar qurilma ichiga suv
yoki boshqa begona modda kirib qolgan bo'lsa, elektr manbaiga
ulash kabelini uzing va yaqinroqda joylashgan xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
Qurilmaga ortiqcha jismoniy bosim ko'rsatmang yoki turtmang.
Pechni mo'rt buyumlar, masalan, oshxona rakovinasi yoki shisha
buyumlar ustiga qo'ymang.
Qurilmani tozalash uchun benzol, erituvchilar, spirt, bug'tozalagich
yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining
qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga ishonch hosil qiling.
Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkaga mahkam tiqing.
Bir nechta vilkalarga ega bo'lgan o'tkazgich, uzaytirgich yoki
transformatordan foydalanmang.
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga osmang,
uni buyumlar orasiga qo'ymang va pechning orqasi orqali
o'tkazmang.
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr
manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr
manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda yaqinroqdagi xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni
qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni
sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt
bo'lgan taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling,
chunki spirt bug'lari pechning isitilgan qismariga tegib ketishi
mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga
yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga
urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish
sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning
uchun bunday holatning oldini olish uchun bunday sig'imlar bilan
muomala qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak;
Bunday holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga
imkon berish maqsadida pech o'chganidan keyin DOIMO
kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni
aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring.
Kuyib qolganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish bo'yicha quyidagi
harakatlarni bajaring:
Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
Toza quruq latta bilan bog'lang.
Hech qanday krem, moy yoki losyon surtmang.
Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq patnis
yoki taglikni suvga solmang, chunki bu patnis yoki taglikning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd 9 2015-01-29  9:25:01

Содержание

Похожие устройства

Скачать