Samsung GE83MRTQS/BW [182/192] Bolalar taomlarini isitish

Samsung GE83MRTQS/BW [182/192] Bolalar taomlarini isitish
O'zbek - 38
QO‘LDA MUZDAN TUSHIRISH
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish mahsulotlarni muzdan tushirishning ajoyib usuli hisoblanadi.
Mikroto'lqinlar mahsulotlarni qisqa vaqt ichida ehtiyotlik bilan muzdan tushiradi. Bu siznikiga
kutilmagan mehmonlar kelgan vaqtda ayniqsa juda foydali bo'lishi mumkin.
Muzlatilgan tovuq go'shti taom tayyorlashdan avval to'liq muzdan tushirilishi kerak. Qadoqdan metall
simlarni oling va muzdan tushirish jarayonida hosil bo'luvchi suvning oqib ketishini ta'minlash uchun
muzdan tushirishdan avval tovuqni qadoqdan chiqarib oling.
Muzdan tushirilgan mahsulotlarni ustini yopmagan holda idishga soling. Muzdan tushirish vaqtining
yarmi o'tgandan keyin ularni ag'daring, eritish vaqtida suyuqlik hosil bo'lgan bo'lsa, to'king va imkoni
boricha ichak – chovoqlarini chiqarib tashlang.
Ularning iliq bo'lmaganligiga ishonch hosil qilish uchun mahsulotlarni vaqti – vaqti bilan tekshirib
turing.
Agar mahsulotning kichik va oriq qismlari qizib keta boshlasa, ushbu qismlarni muzdan tushirish
vaqtida kichik tekis alyumin folgalarga o'ragan holda ularni to'sib qo'yish mumkin.
Agar tovuqning tashqi yuzasi qizib keta boshlasa, muzdan tushirishni to'xtating va muzdan tushirishni
davom ettirishdan avval 20 daqiqa kuting.
Muzdan tushirishni to'liq nihoyasiga yetkazish uchun baliq, go'sht va tovuqni bir oz shundoq
qoldiring. To'liq muzdan tushirish uchun kutish vaqti muzdan tushirilayotgan mahsulotlarning
miqdoriga bog'liq holda har xil bo'lishi mumkin. Quyida keltirilgan jadvalga qarang.
Maslahat: Tekis va ingichka mahsulotlar semizlariga qaraganda va kam miqdordagi
mahsulotlar ko'plariga qaraganda tezroq muzdan tushadi.
Bu maslahatni mahsulotlarni muzlatish va muzdan tushirishda yodda tuting.
Harorati -18 °C dan -20 °C gacha bo'lgan muzlatilgan mahsulotlarni muzdan tushirishda quyidagi
jadvalga amal qiling.
Oziq – ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Go'sht
Mol go'shti qiymasi
250 g
500 g
180 Vt 6½-7½
10-12
Cho'chqa go'shtidan
tayyorlangan steyklar
250 g 180 Vt 7½-8½
Ko'rsatmalar
Go'shtni tekis sopol idishga joylashtiring. Chetlarini alyuminiy folga
bilan ingichka yoping. Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tishi bilan
ag'daring. 5-25 daqiqa kuting.
BOLALAR TAOMLARINI ISITISH
BOLALAR TAOMLARI: Taomni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping.
Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring!
Ovqatlantirishdan avval 2-3 daqiqa kuting. Yana aralashtiring va haroratni tekshiring. Dasturxonga
tortishda tavsiya qilingan harorat: 30-40 °C.
BOLALAR SUTI: Sutni sterillangan shisha butilkaga quying. Berkitmagan holda isiting. Sutni hech
qachon butilkaga so'rg'ich kiydirilgan holda isitmang, ortiqcha qizib ketganda butilka portlab ketishi
mumkin. Kutib turish vaqti oldidan va keyin silkiting! Bolalar suti yoki taomini bolaga berishdan
avval doimo haroratini yaxshilab tekshiring. Dasturxonga tortishda tavsiya qilingan harorat: 37 °C.
IZOH:
Kuyishning oldini olish uchun bolaga berishdan avval bolalar taomlarining haroratini juda puxta
tekshirish lozim. Quyidagi jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling.
Chaqaloq ovqati va sutini isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq – ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt
Bolalar taomi
(sabzavotlar +
go'sht)
190 g 600 Vt 30 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopilgan holda pishiring.
Tayyorlash vaqtidan keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval yaxshilab
aralashtiring va haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Bolalar
bo'tqasi
(yorma + sut +
meva)
190 g 600 Vt 20 sek.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopilgan holda pishiring.
Tayyorlash vaqtidan keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval yaxshilab
aralashtiring va haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Bolalar suti
100 ml 300 Vt 30-40 son.
200 ml 50 soniyadan 1 daqiqagacha
Ko'rsatmalar
Yaxshilab silkiting yoki aralashtiring va sterillangan shisha butilkaga quying.
Butilkani aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Qopqog'ini yopmasdan
tayyorlang. Yaxshilab chayqating va kamida 3 daqiqa kuting.
Bolaga berishdan avval butilkani yaxshilab silkiting va haroratini puxta
tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd 38 2015-01-29  9:25:19

Содержание

Похожие устройства

Скачать