Samsung VR7030 VR10M7030WG/EV [129/164] Ishlatish paytida

Samsung VR7030 VR10M7030WG/EV [129/164] Ishlatish paytida
O‘ZBEK-07
f Avtomatik zaryadlanish to‘g‘ri amalga
oshishi uchun quyidagilarga ehtiyot bo‘ling.
Taglikni doimo yoqib qo‘ying.
Taglikni POWERbot oson topadigan joyga
o‘rnating.
Taglikning oldiga hech qanday buyum
qoldirmang.
f Taglikni o‘rnatganda shnurni polda
ehtiyotsizlik bilan qoldirmang, chunki
POWERbot unga o‘ralashib qolishi mumkin.
f POWERbot’dan qora rangli pollarda
foydalanmang.
POWERbot odatdagidek ishlay olmasligi
mumkin.
f Taglikning chap va o‘ng tomonlaridagi 0,5m
va oldindagi 1m masofada hech qanday
buyum bo‘lmasligi kerak.
f Taglik kontaktlarining shikastlanmaganligi
yoki ularda begona narsalarning yo‘qligiga
ishonch hosil qiling.
f Taglikni poli qora polli joyga o‘rnatmang.
Agar taglik atrodagi pol qora bo‘lsa,
zaryadlashga xalaqit berishi mumkin.
f Tozalashdan avval POWERbot
harakatlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin
to‘siqlarni (bolalar arg‘imcho‘gi yoki
o‘yinchoqlarini) olib qo‘ying.
f POWERbot burilish radiusidan (0,5 metr) tor
bo‘lgan joyda POWERbot ishlatmang.
f Uyni to‘liq tozalash uchun barcha xonalarni
ochib, POWERbot shikastlanishi mumkin
bo‘lgan old eshik, ayvon, vannaxona va
zinalarga chegara belgilarini qo‘yib chiqing.
f POWERbot to‘xtab qolishi mumkin bo‘lgan
past joylarga tushmasligi uchun chegara
belgilarini qo‘yib chiqing.
f Cho‘tka yoki cho‘tka qopqog‘i joyiga to‘g‘ri
o‘rnatilmasa, polni qirishi mumkin yoki jihoz
noto‘g‘ri ishlashi mumkin.
f POWERbot ishlatishdan oldin sinishi mumkin
bo‘lgan buyumlar, jumladan, ramka, ko‘zgu
va chinni buyumlarni olib tashlang, shunda
POWERbot ishlashiga xalaqit berilmaydi.
DIQQAT
Ishlatish paytida
f POWERbot’dan qalin gilamlar ustida
foydalanilsa, POWERbot va gilamga shikast
yetishi mumkin.
POWERbot 1 santimetrdan qalin gilamning
ustidan yura olmaydi.
f POWERbot’dan stollar yoki boshqa baland
yuzalar ustida foydalanmang.
Tushib ketsa, shikast yetishi mumkin.
f POWERbot stul, stol oyoqlariga urilib ketishi
mumkin, shuning uchun tezroq va samarali
tozalash uchun ularni olib qo‘ying.
f POWERbot ishlayotgan vaqtda uni
ko‘tarmang yoki boshqa joyga ko‘chirmang.
f Boshqa joyga ko‘chirganda POWERbot’ning
yetaklovchi g‘ildiraklaridan ko‘tarmang.
f POWERbot va kamera ustiga hech qanday
buyum qo‘ymang, chunki bu uning noto‘g‘ri
ishlashiga olib kelishi mumkin.
f POWERbot’dan foydalanayotganda katta
qog‘oz yoki plastik paketlarni darhol olib
qo‘ying, chunki ular havo so‘rilishini to‘sib
qo‘yishi mumkin.
f Qizil ko‘rsatkichni odamlar yoki hayvonlarga
to‘g‘rilamang.
f Ishlayotgan POWERBOT atroda yotmang.
Cho‘tkaga sochingiz kirib qolib, jarohat yetishi
mumkin.
DIQQAT
Tozalash va texnik
xizmat ko‘rsatish
f Quyidagilarga amal qilish orqali
POWERbotshikastlanishining oldini oling
POWERbot’ni tozalaganda bevosita korpusiga
suv sepmang yoki benzol, suyultirgich, atseton
yoki spirt bilan artmang.
f POWERbot’ni qismlarga ajratmang yoki
ta’mirlamang. Buni faqatgina malakali usta
bajarishi lozim.
f Doim to‘siq sensori, qiyalik sensori va
kamerani toza holda tuting.
Yot jismlar to‘plansa, sensorlar noto‘g‘ri
ishlashi mumkin.
4_VR7000_UZ_DJ68-00763M-05_CIS.indd 7 2017-12-01 오후 5:14:26

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 0

Ошибка с 05 что делать
6 месяцев назад