Samsung VR7030 VR10M7030WG/EV [152/164] Qaydlar va ehtiyot choralari

Samsung VR7030 VR10M7030WG/EV [152/164] Qaydlar va ehtiyot choralari
O‘ZBEK-30
Zaryadlash
Qayd
f Zaryadlanish paytida batareya qizib ketsa,
zaryadlanishga uzoqroq vaqt ketishi
mumkin.
f Avtomatik zaryadlash ishlamayotgan bo‘lsa,
quyidagilarni bajaring:
Favqulodda yoqgichni (POWERbot’ning tag
qismida) o‘chirib yoqing.
Taglik shnurini rozetkadan sug‘uring va yana
suqing.
Taglikdan sug‘uring va taglikning zaryadlash
tishlarida yot jismlar yo‘qligini tekshiring,
POWERbot va taglik zaryadlash tishlarini
quruq latta bilan arting.
Taglik yaqinida aksni qaytaruvchi buyumlar,
stullar kabi to‘siqlarning yo‘qligini tekshiring.
f POWERbot taglikdan uzilganida uning
batareyasi tabiiy ravishda zaryadsizlanadi.
POWERbot’ni taglikda zaryadlanayotgan holda
saqlashga harakat qiling. (Ammo, xizmat
safari yoki ta’til tufayli uydan uzoq muddatga
ketishni rejalashtirayotganingizda favqulodda
yoqgichni o‘chiring va taglikni rozetkaga
tiqilmagan holda qoldiring.)
Ishlatish
Qayd
f Tozalash vaqtida POWERbot ostona kabi
joylarda yurolmay qolishi mumkin.
Ishlashni qaytadan boshlash uchun favqulodda
yoqgichni o‘chiring, POWERbot’ni osongina
harakatlanishi mumkin bo‘lgan joyga
ko‘chiring va elektr ta’minotini qaytadan
yoqing.
f POWERbot burchaklar, devor bilan divan
orasi kabi o‘zi kira olmaydigan joyni to‘liq
tozalay olmaydi.
Ularni muntazam tozalab turish uchun boshqa
tozalash anjomidan foydalaning.
f POWERbot kir to‘plamlarini tortib ola
olmaydi, shuning uchun tozalagandan keyin
ularning ayrimlari polda qolishi mumkin.
Ularni muntazam tozalab turish uchun boshqa
tozalash anjomidan foydalaning.
f Agar POWERbot o‘chirilgan bo‘lsa, elektr
ta’minotini masofadan boshqarish pultidagi
Quvvat tugmasi orqali yoqib bo‘lmaydi.
POWERbot’dagi [Boshlash/To‘xtatish]
tugmasini bosib turing.
f Zaryadlash vaqtida POWERbot’ni Nuqtani
tozalash rejimida ishlata olmaysiz.
f Zaryad olayotganida Qo‘lda tozalash /
Nuqtani tozalash tugmasini bossangiz,
POWERbot taglikdan ajralib, kutish rejimiga
o‘tadi.
Tozalash va texnik xizmat
ko‘rsatish
Qayd
f Agar siz chang qopchasi va ltrni suv bilan
yuvgan bo‘lsangiz
Changquti: Suvni batamom sirqitib tashlang.
Filtr: Ishlatishdan oldin soya joyda yaxshilab
quriting.
f Avtomatik yopqichni tozalayotganda qattiq
tortib yubormang.
Diqqat
f Filtrni biriktirish yoki ajratish vaqtida
barmoqlaringizga ehtiyot bo‘ling, chunki ular
chang qopchasining havo so‘tish tirqishiga
tiqilib qolishi mumkin.
f Yot jismlar tiqilib qolmasligi uchun
POWERbot tomonidan tish kovlagich,
paxta tampon kabilarning so‘rilishiga yo‘l
qo‘ymang.
f Agar chotkadan yot jismlarni olib tashlash
qiyin bo‘lsa, vakolatli Samsung xizmat
ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Qaydlar va ehtiyot choralari
4_VR7000_UZ_DJ68-00763M-05_CIS.indd 30 2017-12-01 오후 5:14:48

Содержание

Похожие устройства

Скачать