Samsung WD80K52E0AX [77/192] Xavfsizlik bo yicha ma lumotlar

Samsung WD80K52E0AX [77/192] Xavfsizlik bo yicha ma lumotlar
O'zbek 13
Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar
• Kuchli tebranishlar tufayli bu kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga yoki uy hayvonlarining jarohatlanishi va
o’limiga olib kelishi mumkin.
Sochtog’nagich, pichoq, tirnoq kabi o’tkir narsalar bilan tugmalarni bosmang.
• Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Odatda terini parvarish qilish vositalari do’konlari yoki massaj klinikalarida sotiladigan moylar, kremlar yoki los’onlar
bilan ioslangan kiyimlarni yuvmang.
• Bu rezina zichlagichning deformatsiyalanishiga sabab bo’lishi va suvning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.
Nina tog’nagichlar, soch tog’nag’ichlari yoki oqartirgich tyubigi kabi buyumlarni barabanda uzoq vaqt qoldirmang.
• Bu barabanning zanglanishiga olib kelishi mumkin.
• Agar baraban sirtida zanglagan joylar paydo bo’la boshlasa, uning sirtiga (neytral) tozalash vositasini seping va
uni ketkazish uchun gubkadan foydalaning. Hech qachon metall chyotkadan foydalanmang.
Quruq kimyoviy tozalash vositalaridan tog’ridan-togri foydalanmang va biror bir quruq kimyoviy tozalash vositalari
bilan zararlangan kiyimlarni yuvmang, chaymang yoki siqmang.
• Bu moyning oksidlanishidan hosil bo’luvchi yuqori harorat tufayli o’z-o’zidan yonib ketishga yoki birdan yonib
ketishga olib kelishi mumkin.
Suvni sovutish/isitish qurilmalaridan olingan suvdan foydalanmang.
• Bu kir yuvish mashinasi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi uchun tabiiy qo’l yuvish sovunidan foydalanmang.
• Agar u kir yuvish mashinasining ichida qotib qolsa yoki toplansa, bu kir yuvish mashinasining nosozligi,
ranglarning ochishi, zanglar yoki noxush hidlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Paypoq va ko’krakpechlarni yuvish toriga joylashtiring va ularni boshqa yuviladigan kirlar bilan birgalikda yuving.
Choyshab singari yirik buyumlarni kir yuvish toriga joylashtirgan holda yuvmang.
• Bu talabga amal qilmaslik kuchli tebranishlar tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Qotib qolgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang.
• Agar ular kir yuvish mashinasi ichida toplanib qolsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.
Yuvilishi kerak bo’lgan barcha kiyimlar chontaklarining bosh ekanligiga ishonch hosil qiling.
• Tangalar, to’gnag’ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o’tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan
chiqishiga olib kelishi mumkin.
Katta toqalari, tugmalari yoki boshqa og’ir metall buyumlari mavjud bo’lgan kiyimlarni yuvmang.
Ularning ranglarining ochmaslik darajasi asosida kirlarni ranglar bo’yicha turlarga ajrating va tavsiya qilingan rejim,
suv harorati va qo’shimcha funksiyalarni tanlang.
• Bu ranglarning ochishiga yoki matoning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Eshikni yopayotganingizda bolalar barmoqlarining eshikka qisilib qolmasligiga ehtiyot bo’ling.
• Ushbu talabga amal qilmaslik shikastlanishga olib kelishi mumkin.
WD80K52E0AW_04057B-00_UZ.indd 13 2019/5/14 16:10:44

Содержание

Похожие устройства