Samsung MS23H3115QK [118/144] Diqqat

Samsung MS23H3115QK [118/144] Diqqat
O'zbek - 10
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka yoki elektr
manbaiga ulash kabelidan foydalanmang. Vilka yoki elektr
manbaiga ulash kabeli shikastlangan hollarda yaqinroqdagi xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyumlarni
qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsidlarni
sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Tarkibida spirt
bo'lgan taomlar va ichimliklarni isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling,
chunki spirt bug'lari pechning isitilgan qismariga tegib ketishi
mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga
yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga
urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Ichimlik solingan sig'imlarni pechda isitish
sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib kelishi mumkin, shuning
uchun bunday holatning oldini olish uchun bunday sig'imlar bilan
muomala qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak;
Bunday holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga
imkon berish maqsadida pech o'chganidan keyin DOIMO
kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni
aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring.
Kuyib qolganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish bo'yicha quyidagi
harakatlarni bajaring:
Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga botirib turing.
Toza quruq latta bilan bog'lang.
Hech qanday krem, moy yoki losyon surtmang.
Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq patnis
yoki taglikni suvga solmang, chunki bu patnis yoki taglikning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish uchun
foydalanmang, chunki yog' haroratini boshqarib bo'lmay qolishi
mumkin. Bu qaynoq suyuqlikning to'satdan yonib ketishiga olib
kelishi mumkin.
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan
foydalaning; Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush
qoplangan oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan
FOYDALANMANG.
O'ralgan o'tkazgichni qog'oz yoki plastik qadog'idan oling.
Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Qog'oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto'lqinli pechdan
foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi
yoki buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasini suvga botirilishiga yo'l
qo'ymang va kabelni issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda
isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan
keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin;
Shuningdek, germetik yopilgan butilka, banka, konteynerlar, butun
yong'oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib
qo'ymang. Bu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo
ta'sirida yonib ketishi mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va
avtomatik o'chib qolishi mumkin va u yetarli darajada sovuginicha
o'chiq holda qoladi.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda
doimo qo'lqoplardan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli
qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin kamida
20 soniya kuting.
MS23H3115QK_BW_DE68-04240Y-01_RU+UK+KK+UZ.indb 10 2017-02-01  11:40:49

Содержание

Похожие устройства

Скачать