Samsung GE83KRW-2 [129/160] Cheklangan kafolat

Samsung GE83KRW-2 [129/160] Cheklangan kafolat
O'zbek - 9
01 XAVFSIZLIK BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Cheklangan kafolat
Agar moslamaning va/yoki anjomning shikastlanishi mijoz tomonidan qilingan bo’lsa,
Samsung anjomni almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to’lovini
undirishi mumkin. Bu talablar qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:
O‘yilgan, qirilgan yoki singan eshik, tutqichlar, old panel yoki boshqaruv paneli.
Buzilgan yoki yo’q bo’lgan lotok, yo’naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
Pechdan faqat ushbu qo’llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo’ljallangan
maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo’llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik
bo’yicha muhim ko’rsatmalar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha holatlar va vaziyatlarni
qamrab olmaydi. Pechni o’rnatish, unga texnik xizmat ko’rsatish va undan foydalanishda
foydalanuvchi sog’lom fikr bilan ish ko’rishi, e’tiborli va ehtiyotkor bo’lishi kerak.
Ushbu foydalanuvchi qo’llanmasi bir nechta modellarga mo’ljallanganligi uchun
mikroto’lqinli pechning xususiyatlari ushbu qo’llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir
oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo’lmasligi mumkin. Agar
sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo’lsa, mahalliy Samsung xizmat ko’rsatish
markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma’lumot oling.
Bu pechni faqat ovqat isitishda ishlating. Faqat uy sharoitida foydalanish uchun
mo’ljallangan. Ichi to’ldirilgan mato va yostiqlarni isitmang. Ishlab chiqaruvchi pechdan
noto’g’ri foydalanilganligi natijasida yetgan zarar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga
olmaydi.
Pech yuzasining buzilishi va xatarli holatlarning yuzaga kelmasligi uchun pechni doim toza
va yaxshi ahvolda saqlang.
Mahsulot guruhi bayoni
Bu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta
ishlash uchun elektromagnit nurlanish ko’rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil
qiluvchi va shunday quvvatlardan foydalanuvchi ISM qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash
uchun jihozlarni o’z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joy binolarini ta’minlovchi past
kuchlanishga ega bo’lgan tarmoqqa to’g’ridan-to’g’ri ulangan binolarda foydalanish
uchun mo’ljallangan.
Ushbu mashinani to’g’ri chiqitga chiqarish
(Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig’ish tizimiga ega bo’lgan
mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka
ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining
(masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat
muddatlarini o’tab bo’lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar
bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo’lmasligini ko’rsatadi. Keraksiz
buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-
muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin
bo’lgan zararlarning oldini olish uchun ko’rsatilgan elementlarni
tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib
oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga
ko’maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta
foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish
mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar olish uchun o’zlari ushbu
mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat
ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug’ullanuvchi foydalanuvchilar o’zlarining
ta’minotchilari bilan bog’lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va
shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron
aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan
birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
GE83K_GE83M_GE83A_BWT_DE68-04283A-05_RU+UK+KK+UZ_F.indb 9 2019-11-21  6:45:51

Содержание

Скачать