Samsung GE83KRW-2 [153/160] Bolalar taomlarini isitish

Samsung GE83KRW-2 [153/160] Bolalar taomlarini isitish
O'zbek - 33
06 TAOM TAYYORLASH BO’YICHA YO’RIQNOMA
Suyuqliklar va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida
foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Ichimliklar
(qahva, choy va suv)
150 ml (1 piyola)
250 ml (1 stakan)
800 Vt 1-1½
1½-2
Ko'rsatmalar
Suyuqlikni sopol idishga quying va qopqog'ini yopmagan holda isiting.
Idish/stakanni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Kutish vaqti davomida pechning ichida qoldiring va yaxshilab aralashtiring.
1-2 daqiqa kuting.
Sho'rva (sovutilgan)
250 g 800 Vt 3-3½
Ko'rsatmalar
Sho'rvani chuqur sopol tarelkaga quying. Teshiklarga ega bo'lgan
yopishqoq plyenka bilan yoping. Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring.
Dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Dimlangan
go'sht yoki baliq
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
Dimlangan go'sht yoki baliqni chuqur sopol idishga soling. Teshiklarga
ega bo'lgan yopishqoq plyenka bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti
bilan aralashtirib turing va kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan
avval yana aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Sousli makaron
mahsulotlari
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 4½-5½
Ko'rsatmalar
Makaron mahsulotlarini (masalan, spagetti yoki tuxumli ugra) tekis sopol
idishga soling. Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka
bilan yoping. Dasturxonga tortishdan avval aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Masalliqli
sousli makaron
mahsulotlari
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6
Ko'rsatmalar
Masalliqli un mahsulotini (masalan, ravioli, chuchvara) chuqur sopol
idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti
bilan aralashtirib turing va kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan
avval yana aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Tayyor taom
(sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
2-3 ta sovutilgan masalliqlardan qilingan taomni sopol idishga soling.
Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping.
3 daqiqa kuting.
BOLALAR TAOMLARINI ISITISH
BOLALAR TAOMLARI: Taomni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping.
Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring! Ovqatlantirishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
Yana aralashtiring va haroratini tekshiring. Taomning tavsiya qilingan harorati: 30-40 °C o'rtasida.
BOLALAR SUTI: Sutni sterillangan shisha butilkaga quying. Berkitmagan holda isiting.
Sutni hech qachon butilkaga so'rg'ich kiydirilgan holda isitmang, ortiqcha qizib ketganda butilka
portlab ketishi mumkin. Kutib turish vaqti oldidan va keyin silkiting!
Bolalar suti yoki taomini bolaga berishdan avval doimo haroratini yaxshilab tekshiring.
Taomning tavsiya qilingan harorati: taxminan 37 °C.
IZOH:
Kuyishning oldini olish uchun bolaga berishdan avval bolalar taomlarining haroratini juda
puxta tekshirish lozim. Quyidagi jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va isitish vaqt
oraliqlariga amal qiling.
Bolalar taomlari va sutni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida
foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt
Bolalar taomi
(sabzavotlar + go'sht)
190 g 600 Vt 30 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang.
Isitgandan keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval yaxshilab aralashtiring
va haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Bolalar bo'tqasi
(yorma + sut +
mevalar)
190 g 600 Vt 20 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang.
Isitgandan keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval yaxshilab aralashtiring
va haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Bolalar suti
100 ml 300 Vt 30-40 son.
200 ml 50 soniyadan
1daqiqagacha
Ko'rsatmalar
Yaxshilab silkiting yoki aralashtiring va sterillangan shisha butilkaga quying.
Butilkani aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Qopqog'ini yopmasdan
tayyorlang. Yaxshilab silkiting va kamida 3 daqiqa kuting.
Bolaga berishdan avval butilkani yaxshilab silkiting va haroratini puxta
tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
GE83K_GE83M_GE83A_BWT_DE68-04283A-05_RU+UK+KK+UZ_F.indb 33 2019-11-21  6:46:00

Содержание

Скачать