Samsung SC21F60JK [51/72] Ehtiyot choralari haqida ma lumot

Samsung SC21F60JK [51/72] Ehtiyot choralari haqida ma lumot
ehtiyot choralari haqida ma'lumot _03
MUHIM XAVFSIZLIK CHORALARI
UMUMIY
Barcha ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing.
Qo'shishdan oldin elektr ta'minoti kuchlanishi changyutgichning
tagidagi pasport yozuvida qayd etilgan kuchlanish bilan bir xil
ekaniga ishonch hosil qiling.
OGOHLANTIRISH : Gilamcha yoki pol ho'l bo'lganda
changyutgichdan foydalanmang. Suvni so'rdirib olish uchun
foydalanmang.
Biror jihozdan bolalar foydalanayotganda yoki ular bolalar
yaqinida turganda qattiq nazorat zarur.
Changyutgichdan o'yinchoq sifatida foydalanilishga ruxsat
bermang. Hech qachon changyutgichni qarovsiz qoldirmang.
Changyutgichdan faqat ushbu ko'rsatmalarda qayd etilgan
maqsadda foydalaning.
Changyutgichdan chang konteynerisiz foydalanmang.
Changyutgich yaxshi ishlashi uchun chang konteynerini
to'lmasidan turib, bo'shatib oling.
Changyutgichdan gugurt donalari, cho'g'i bor kul yoki sigaret
qoldiqlarini yig'ib olishda foydalanmang. Changyutgichni pechka
yoki boshqa issiqlik manbalaridan uzoqroq joyda saqlang.
Issiqlik uskunaning plastik qismlari shakli va rangiga putur
yetkazishi mumkin.
Og'ir va o'tkir buyumlarni changyutgich bilan yig'ishtirib olishdan
saqlaning, chunki ular changyutgich qismlarini shikastlashi
mumkin. Shlang ulamasini bosmang.
Shlang ustiga og'ir narsalarni qo'ymang.
So'rish va havo chiqish portini bekitmang.
Vilkasini rozetkadan uzishdan oldin changyutgich korpusidagi
elektr quvvati tugmasini bosib o'chiring.
Chang konteynerini bo'shatishdan oldin changyutgich vilkasini
rozetkadan uzing.
ehtiyot choralari haqida ma'lumot
DJ68-00698A-15.indb 3 2018. 3. 10. �� 9:29

Содержание

Похожие устройства

Скачать