Samsung SC21F60JK [63/72] Tasmani almashtirish

Samsung SC21F60JK [63/72] Tasmani almashtirish
tuzatish asboblari va fltr _15
03 TUZATISH ASBOBLARI VA FILTR
Mini-turbochyotka (Opsiya)
- TOZALASH ROLIGINI ALMASHTIRISH
1. Iflos narsalar yoki chiqindilar mavjud bo’lgan hollarda old panelni
olish va chiqindilarni yo’qotish uchun mini-turbochyotkaning orqa
qismidagi ikkita vintni bo’shatib oling.
2. Tozalash roligi holatini baholang. Agar chyotka eskirgan ko’rinishda
bo’lsa, tozalash roligini almashtiring. Tozalash roligini chiqarib olish
uchun uni ko’taring va nasadka korpusining chetki ariqchalaridan
sug’urib oling. Almashtirish uchun tozalash roligi chetlarini o’sha
ariqchalarga qo’ying.
Tasmaning yaxshi holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.
Agar tasma yirtilgan yoki unda yoriqlar paydo bo’lgan bo’lsa,
uni tasmani almashtirish bo’yicha ko’rsatmalarga muvofiq
tarzda almashtiring.
3. MAKSIMAL darajadagi quvvatdan foydalanish.
Changyutgichning maksimal darajadagi so’rish quvvatini yoqish
uchun “MAX” (MAKS.) tugmachasini bosing.
- TASMANI ALMASHTIRISH
1. Taglikni oling.
“Tozalash roligini almashtirish” ko’rsatmalari bo’limidagi rasmga
qarang.
2. Yangi tasmaning bir uchini shkiv valiga aylantirib o’rang.
3. Tasmaning ikkinchi uchini tozalash roligining shuning uchun
mo’ljallangan elementiga o’rang. Tozalash roligini nasadka
korpusi ariqchalariga joylashtiring. “Tozalash roligini almashtirish”
ko’rsatmalari bo’limidagi rasmga qarang.
4. Mini-turbochyotkani “Tozalash roligini almashtirish” ko’rsatmalari
bo’limiga muvofiq holda yig’ing.
DJ68-00698A-15.indb 15 2018. 3. 10. �� 9:29

Содержание

Похожие устройства

Скачать