Samsung NV75K5541RB [148/192] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung NV75K5541RB [148/192] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
4 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Aytib o‘tilgan mahkamlash usuli yelimlovchi vositalardan
foydalanishga mo‘ljallanmagan, chunki ular ishonchli
mahkamlash vositasi hisoblanmaydi.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy,
sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar
tegishli yo’l-yoriq yoki ko’rsatma berilgan taqdirda va uning
xavni tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu
qurilma bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik
xizmat ko’rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga
oshirilmasligi kerak. Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan
kichik bo’lgan bolalarning qo’llari yetmaydigan tarzda saqlang.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo’ladi. Pech ichidagi isitish
elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo’lish kerak.
OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo’lgan
qismlar issiq bo’ladi. Yosh bolalardan uzoqroq saqlash kerak.
Mikroto’lqinli pechning shishali eshigini tozalash uchun
abraziv materiallar yoki o’tkir metall qirg’ichlardan
foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnashi, bu esa
oynada darzlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Agar qurilma tozalash funksiyasiga ega bo‘lsa, tozalashdan
avval ortiqcha to‘kilgan narsalar olib tashlanishi va bug‘da
tozalash yoki o‘z-o‘zini tozalash paytida barcha anjomlar
pech ichidan olib qo‘yilishi kerak. Tozalash funksiyasining
mavjudligi modelga bog‘liq bo‘ladi.
Agar bu qurilma tozalash funksiyasiga ega bo‘lsa, tozalash
vaqtida yuzalar odatdagidan qattiqroq qizishi mumkin,
shu sababli bolalarni pechga yaqinlashtirmang. Tozalash
funksiyasining mavjudligi modelga bog‘liq bo‘ladi.
Faqat shu pech uchun tavsiya qilingan harorat datchigidan
foydalaning. (Faqat sixli modelda)
Bug’ yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Lampani almashtirishdan avval elektr toki
urishini oldini olish uchun qurilmani albatta uzib qo’ying.
Qizib ketmasligi uchun jihoz dekorativ eshik ortida
o‘rnatilmasligi kerak.
OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin bo’lgan qismlar
foydalanish vaqtida issiq bo’ladi. Isitish elementlariga tegib
ketmaslik uchun ehtiyot bo’lish kerak. 8 yoshdan kichikroq
bolalalarni, agar ular doimiy nazorat ostida bo’lmasalar,
pechga yaqinlashtirmaslik lozim.
DIQQAT: Pishirish jarayonini kuzatib turish lozim. Qisqa
muddatli pishirish jarayonini uzluksiz kuzatish lozim.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib
ketishi mumkin.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo’lgan
yuzalarning harorati baland bo’lishi mumkin. Ishlayotganida
sirtlari qizib ketishi mumkin.
NV75K5541RB_WT_DG68-00743A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 4 2018-07-26  12:29:41

Содержание