Samsung NV75K5541RB [181/192] Tozalash

Samsung NV75K5541RB [181/192] Tozalash
O'zbek 37
Xizmat ko‘rsatish
Cho‘chqa qovurg‘asi
Tarkibi 2 ta cho‘chqa qovurg‘asi, 1 qoshiq yanchilgan qora muruch,
3 ta dafna bargi, 1 ta piyoz (to‘g‘ralgan), 3 bosh sarimsoq
(to‘g‘ralgan), 85 g sariq shakar, 3 qoshiq Vustercher sousi,
2 qoshiq pomidor pyuresi, 2 qoshiq zaytun moyi
Tayyorlash
usuli
Barbekyu uchun sous tayyorlang. Yog‘ni tovada qizdirib, piyoz
soling. Piyozi o‘lgunicha qovurib, keyin qolgan masalliqlarni
soling. Qovurgandan so‘ng past olovda 30 daqiqa davomida
quyulgunicha miltillating. To‘shni barbekyu sousiga
30 daqiqadan 1 soatgacha bostirib qo‘ying.
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
OGOHLANTIRISH
Tozalashdan avval pech va anjomlarning soviganiga ishonch hosil qiling
Dag'al tozalash vositalari, qattiq chyotkalar, tirmovchi mochalka yoki lattalar,
po'lat yung, pichoq yoki boshqa tirnovchi materiallardan foydalanmang.
Pechning ichki qismi
Pechning ichki qismini tozalash uchun toza latta va mo'tadil tozalash vositasi
yoki iliq sovunli suvdan foydalaning.
Eshikcha zichlagichini qo'lda tozalamang.
Pechning emal yuzasini shikastlanmasligi uchun standart pech tozalagichidan
foydalaning.
Qotgan dog'larni ketkazish uchun maxsus pech tozalagichidan foydalaning.
Pechning tashqi yuzasi
Pechka eshigi, tutqichi va displeyi kabi tashqi yuzalarni tozalash uchun toza
mato va yumshoq tozalash vositasi yoki iliq sovunli suvdan foydalaning va
quruq latta yoki sochiq bilan arting.
I
chidan qaynoq havo chiqayotgani uchun yog‘ va kirlar ayniqsa tutqich atroda
qolib ketishi mumkin. Har gal ishlatgandan so‘ng tutqichni tozalash tavsiya etiladi.
Anjomlar
Har gal foydalangandan keyin anjomlarni yuving va oshxona sochig'i bilan
quriting. Qotgan kirlarni ketkazish uchun ishlatilgan anjomlarni yuvishdan oldin
iliq sovunli suvda 30 daqiqacha iviting.
Katalitik emalli yuza (ayrim modellardagina)
Olinadigan qismlar to‘q kulrang katalitik emal bilan qoplangan. Konveksion
isitish paytida ular havo aylanishi tufayli yog‘ va moylardan kirlanishi mumkin.
Ammo bu kirliklar 200 °C yoki undan yuqori haroratda kuyib ketadi.
1. Barcha anjomlarni pechdan olib qo'ying.
2. Pech ichini tozalang.
3. Maksimal harorat bilan Konveksiya rejimini tanlang, keyin siklni bir soat
ishlating.
NV75K5541RB_WT_DG68-00743A-03_RU+UK+KK+UZ.indb 37 2018-07-26  12:29:52

Содержание