Hotpoint-Ariston VMSD 702 ST X1 [50/60] O rnatish

Hotpoint-Ariston VMSD 702 ST X1 [50/60] O rnatish
50
UZ
! Ushbu ko'rsatmalar qo'llanmasi kelgusida foydalanish uchun
xavfsiz joyda saqlanishi kerak. Agar kir yuvish mashinasi sotilsa,
birovga berilsa yoki boshqa joyga ko'chirilsa, yangi egasi uning
operatsiya va xususiyatlari bilan tanishishi uchun ko'rsatmalar
qo'llanmasi mashina o'zi bilan birga qolishiga ishonch hosil
qiling.
! Ushbu ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing:
ularda jihozni xavfsiz o'rnatish va ishlatishga oid muhim
ma'lumotlar bor.
O'ramadan chiqarish va tekislash
O'ramadan chiqarish
1. Kir yuvish mashinasini o'ramalaridan chiqarib oling.
2. Kir yuvish mashinasi tashish jarayonida shikastlanmaganiga
ishonch hosil qiling. Agar u shikastlangan bo'lsa, chakana
savdogarga murojaat qiling va o'rnatish jarayoni bilan
bog'liq boshqa ishga qo'l urmang.
3 . ( Ta s h i s h v a q t i d a
foydalanilgan) 4 ta himoya
mu rva tin i va ji hoz nin g
orqa tarada joylashgan
tegishli ora ochqichi bor
rezina probkalarni olib
tashlang(rasmga qarang).
4. Birga yetkazib berilgan plastik vilkalar bilan teshiklarni
yopib chiqing.
5. Barcha qismlarni xavfsiz joyda saqlang: agar kir yuvish
mashinasini boshqa joyga ko'chirsangiz, ular yana sizga
kerak bo'ladi.
! O'rama materiallardan bolalar o'yinchog'i sifatida
foydalanmang.
Tekislash
1. Kir yuvish mashinasini tekis va qattiq polga, devorlarga,
mebel korpusiga yoki boshqa narsalarga suyanmaydigan
qilib o'rnating.
2. Agar pol a'lo darajada
tekis bo'lmasa, notekislikni
oldingi oyoqlarni (rasmga
q a r a n g ) q o t i r i b y o k i
bo'shatib to'g'rilang; qiyalik
burchagi oshxona stoliga
nisbatan 2° dan oshmasligi
kerak.
Mashinani to'g'ri tekislash uni barqaror qiladi, vibratsiya va
oshiqcha shovqinga yo'l qo'ymaslik va u ishlab turganda
bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi oldini oladi. Agar u gilam
yoki ustiga joylashtirilgan bo'lsa, uning oyoqlarini kir yuvish
mashinasi ostidan yetarli darajada havo o'tib turadigan joy
qoladigan qilib o'rnating.
Elektr quvvati va suv ta'minotini ulash
Suv kirish shlangini ulash
1. Suv kirish shlangi uchiga
A tiqinni kiriting va uni sovuq
suv kraniga 3/4 gaz rezbali
(burama kertikli) og'izga
burab kiriting.
Ulashdan oldin suvni juda
toza bo'l guncha oqizi b
qo'ying.
2. Suv kirish shlangini
ji h o zn i n g te g i sh l i s u v
kiruvchi shlangi ustiga burab
chiqarish bilan ulang, u
jihozning orqa o'ng qo'l
tarada joylashgan (rasmga
qarang).
3. Shlang qatlanib yoki bukilib qolmaganiga ishonch hosil
qiling.
! Krandagi suv bosimi Texnik tafsilotlar jadvalida (keyingi
sahifaga qarang) ko'rsatilgan qiymatlarga mos tushishi
lozim.
! Agar suv kirish shlangi yetarli darajada uzun bo'lmasa,
ixtisoslashgan do'kon yoki vakolatli texnik mutaxassisga
murojaat qiling.
! Hech qachon oldin ishlatilgan shlanglardan foydalanmang.
! Mashina bilan birga yetkazib berilgan shlanglardan
foydalaning.
A
O'rnatish

Содержание

Похожие устройства

Скачать