Candy ACI-18HRR103/R3 [60/86] Montaj vaqtida xavfsizlik texnikasi bo yicha yo riqnomalar

Candy ACI-18HRR103/R3 [60/86] Montaj vaqtida xavfsizlik texnikasi bo yicha yo riqnomalar
18
Yuklash va tushirish, transportda tashish,
saqlash vaqtida xavfsizlik choralari
Yuklash va tushirish operatsiyalarining xavfsizligi
1) Uskunani yuklash, transportda tashish va tushirishda ehtiyot choralariga rioya qilish kerak.
2) Yuklarga nisbatan ehtiyotsiz va loqayd munosabatga yo'l qoyilmaydi. Uskunani tepish, uloqtirish, tushirib yuborish, dumalatish, sudrash va shu
kabilarga ruxsat etilmaydi.
3) Yuk ortish va tushirish bilan band bo'lgan xodimlar xavfsizlik texnikasi bo'yicha zaruriy yo'riqnomadan o'tishlari va yukga nisbatan ehtiyotsizlik
bilan munosabatda bo'lishning ehtimoliy oqibatlari bilan tanish bo'lishlari kerak.
4) Yuklash va tushirish joyi: muddati o'tmagan quruq kukunli o't o'chirgichlar yoki mos keluvchi turdagi boshqa o't o'chirgichlar bilan jihozlangan
bo'lishi kerak.
5) Tayorgarlik ko'rmagan xodimlar: yonuvchan xladagent bilan to'ldirilgan konditsionerlarni yuklash va tushirish huquqiga ega emas.
6) Yuklash va tushirish ishlarini boshlanishidan oldin elektrostatik zaryadlardan himoya choralarini ko'rish kerak, yuklash va tushirish vaqtida
telefonlardan foydalanib bo'lmaydi.
7) Konditsioner yonida chekish va ochiq olov yoqish taqiqlanadi.
Transportda tashishda xavfsizlik choralari
1) Eng ko'p miqdordagi yuk tashish hajmi mahalliy me'yorlar va qoidalarga muvoq belgilanadi.
2) Tashish uchun foydalaniladigan transport vositalaridan foydalanish mahalliy qonunlar va qoidalarga muvoq amalga oshiriladi.
3) Xladagenti bor ballonlar va texnik xizmat ko'rsatilishi kerak bo'lgan konditsionerlarni transportda tashish uchun maxsus transport vositalaridan
foydalanish zarur. Ochiq holda tashish taqiqlanadi.
4) Yomg'irdan himoya qiluvchi qoplamalar yoki transport vositalarining shunga o'xshash saqlagichlari yong'inga chidamli materiallardan
tayyorlanishi kerak.
5) Transport vositasi kuzovi yonuvchan xladagent oqib chiqib ketishini aniqlash moslamasi bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
6) Tashish bo'lmasida elektrostatik zaryadlardan himoya qurilmasi o'rnatilishi kerak.
7) Haydovchining kabinasi muddati o'tmagan quruq kukunli o't o'chirgichlar yoki mos keluvchi turdagi boshqa o't o'chirgichlar bilan jihozlangan
bo'lishi kerak.
8) Yo'l harakati qatnashchilariga masofani saqlash zarurati haqida ogohlantirish sifatida transport vositalarining ikki yon tomonlariga va orqa
eshiklariga to'q sariq-oq yoki qizil-oq rangli aks ettiruvchi tasmalar yopishtirilgan bo'lishi kerak.
9) Tashish doimiy tezlikda amalga oshirilishi kerak: tez va keskin tezlashish va tormozlanishga yo'l qo'ymaslik kerak.
10) Yonuvchan yuklar va statik elektr manbai bo'lgan yuklarni birgalikda tashish mumkin emas.
11) Transportda tashish vaqtida yuqori haroratli hududlardan chetlanish kerak, shuningdek, korpus ichida haroratning haddan tashqari ko'tarilishidan
himoya choralarini ko'rish kerak.
Saqlash vaqtida xavfsizlik choralari
1) Konditsionerlarni saqlash davrida bloklarning mexanik shikastlanishi natijasida xladagent oqib chiqib ketishning oldini olgan tarzda qadoqlangan
bo'lishi kerak.
2) Bir joyda saqlanishi mumkin bo'lgan uskunalarning eng ko'p miqdori mahalliy qoidalar va tartiblarga muvoq belgilanadi.
Montaj vaqtida xavfsizlik texnikasi bo'yicha yo'riqnomalar
O'rnatish vaqtida ehtiyot choralari
DIQQAT!
Xladagentning oqib chiqib ketgan hollarda, xona ichida uning konsentratsiyasi kritik darajadan yuqori bo'lishi xav yuzaga kelmaydigan, R32
xladagenti qo'llanilgan konditsioneri o'rnatilishi mumkin bo'lgan xonaning eng kichik maydoni quyidagi jadvalda keltirilgan.
Flanetsli (gardishli) biriktiruvdan faqat bir marta foydalanishga ruxsat beriladi, qayta foydalanish taqiqlanadi. Ushbu talabga rioya qilmaslik
tizimning germetikligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ichki/tashqi bloklarni ulash uchun: montaj va foydalnish bo'yicha texnik xususiyatlar va yo'riqnomalar talablariga javob beradigan zararlanmagan
kabeldan foydalanish zarur.
Xonaning eng kichik maydoni
Xladagent
AQCh*
kg\m
3
Jami to'ldirish (kg)
Eng kam maydon (m
2
)
R32 0.307
1.781 2.519 3.708 4.932 6.170 7.965
3 6
13 23 36 60
AQCh: alangalanishnig quyi chegarasi

Содержание

Похожие устройства

Скачать