Candy ACI-18HRR103/R3 [73/86] Xavfsizlik bo yicha qo llanma

Candy ACI-18HRR103/R3 [73/86] Xavfsizlik bo yicha qo llanma
31
Xavfsizlik bo'yicha qo'llanma
Blokni o'rnatish (ko'chirish) yoki elektr ta'minotiga ulashdan oldin
OGOHLANTIRISH!
Konditsioner zaminlangan bo'lishi kerak.
●Zaminlovchi kabel freon, drenaj quvurlari, telefon kabellari va yashinni
yoyuvchiga ulanmasligi kerak. Noto'g'ri ulash elektr toki urishi, halallar,
blokning shikastlanishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
Simlar tarang tortilmaganligiga ishonch hosil qiling.
●Agar simlar tarang tortilgan bo'lsa, bu uzilish, qizish va/yoki tutun paydo bo'lishi
va yong'inga olib kelishi mumkin.
Quvvat konturida tokning oqib chiqib ketishidan himoyaya ega portlashdan
himoyalangan avtomatik uzgich bo'lishi kerak.
●Aks holda, elektr toki urishi, tutun paydo bo'lishi, yong'in yoki portlash xav
mavjud.
Faqat belgilangan qiymatdagi uzgichlar va saqlagichlardan foydalaning.
●Talabga javob bermaydigan uzgichlar, saqlagichlar, po'lat va mis simlardan
foydalanish blokning shikastlanishiga, yong'inga, tutun paydo bo'lishiga yoki
portlashga olib kelishi mumkin.
Konditsionerga suv sepish, shuningdek uni suvga botirish ta'qiqlanadi.
●Agar blokga suv tushsa, elektr toki urishi xav paydo bo'ladi.
Ehtimoliy shikastlanishlarni tekshirish uchun blok o'rnatilgan tayanch asosni
muntazam ravishda tekshirib turish kerak.
●Tayanch asosning shikastlanishi blokning qulab tushishiga olib kelishi mumkin,
natijada baxtsiz hodisalar yuz berishi mumkin.
Konditsionerdan chiqayotgan kondensatni chiqarib yuborish uchun ushbu
qo'llanmada tavsiangan tavsiyalarga amal qilgan holda drenaj trubasini
o'rnating, uning yuzasida kondensat paydo bo'lishining oldini olish uchun drenaj
quvurlarini izolyatsiya qiling.
●Drenaj quvurlarining noto'g'ri ulanishi kondensatning oqib chiqib ketishiga va
mulkka zarar etkazishiga olib kelishi mumkin.
Qadoqlash materialini to'g'ri utilizatsiya qiling.
●Qadoqlarda mixlar bo'lishi mumkin. Shikastlanmaslik uchun ularni ehtiyotkorlik
bilan olib tashlang.
●Plastik paketlar bo'g'ilish ehtimoli borligi sababli, bolalar uchun xavf tug'diradi, .
Utilizatsiya qilishdan oldin plastik paketlarni yirtib tashlang.
Tekshirishni bajarishdan oldin
OGOHLANTIRISH!
Elektr toki urishini oldini olish uchun blokni nam qo'llar bilan yoqmang/
o'chirmang.
Konditsioner ishlayotgan vaqtda yoki u o'chirilgandan so'ng darhol xladagent
quvurlarini yalang qo'l bilan tegmang.
●Tizimdagi xladagentning holatiga qarab, tizimning ba'zi elementlari, masalan,
freon naychalari va kompressor, juda sovuq yoki aksincha, qizib ketishi va
sog'likka zarar yetkazishi mumkin (muzlash yoki kuyish).
Himoya panellari va panjaralarni joyiga o'rnatmasdan blokni ishlatmang.
●Ular qurilmaning aylanadigan, yuqori haroratgacha qizigan va yuqori
kuchlanishda bo'lgan qismlarga kirishni to'sib qoladi.
Asbobni o'chirgandan so'ng darhol elektr ta'minotini o'chirmang.
●Konditsionerni o'chirib qo'yganingizdan keyin 5 daqiqadan so'ng elektr
ta'minotini o'chirib qo'yishingiz mumkin. Aks holda, oqib chiqib ketishi yoki
boshqa muammolar paydo bo'lishi mumkin.
Konditsionerni havo ltrlarisiz ishlatmang.
●Havodagi chang zarralari tizimni to'sib qo'yishi va blokning ishdan chiqishiga
olib kelishi mumkin.

Содержание

Похожие устройства

Скачать