Candy ACI-18HRR103/R3 [72/86] Xavfsizlik bo yicha qo llanma

Candy ACI-09HRR103/R3 [72/86] Xavfsizlik bo yicha qo llanma
30
Xavfsizlik bo'yicha qo'llanma
32 xladagentida uskuna bilan ishlaganda ko'riladigan ehtiyot choralari
OGOHLANTIRISH!
Hech qachon oldin ishlatilgan quvurlarni ishlatmang.
●Oldingi sovutish tizimidagi moy va xladagent qoldiqlari mavjud bo'lgan
xlorli ioslantiruvchi moddalar R32 uchun sintetik moy hususiyatlarining
yomonlashishiga olib keladi.
●R32 xladagenti yuqori bosimli xladagent bo'lib hisoblanadi - uni eski freon
quvurida ishlatish quvurning yorilishiga olib kelishi mumkin.
Quvurlarning ichki va tashqi yuzalarida oksidlanish, oltingugurt, metall
parchalari, chang, yog', namlik va boshqa ioslantiruvchi moddalardan holi
bo'lishi kerak.
●Sovutish konturiga loy yoki suvning tushishi, kompressorning ishlamay
qolishiga olib keladi.
Teskari klapanli vakuum nasosidan foydalanish kerak.
●Nasosdan chiqgan yog'ning sovutish qurilmasidagi konturiga tushishiga yo'l
qo'ymaslik va natijada sovutuvchi yog'ning ivimasligi uchun nasos teskari
klapan bilan jihozlanishi kerak.
R32 bilan ishlash uchun maxsus mo'ljallangan asboblar va moslamalardan
foydalanish zarur. Boshqa xladagentlar uchun mo'ljallangan asboblardan
(manometrik kollektor, to'ldirish shlangi, gazning oqib chiqib ketish detektori,
teskari klapan, to'ldirish stansiyasi, vakuummetr, xladagentni qayta tiklash
moslamasi) foydalanmang.
●Ushbu talabga rioya qilmaslik yog'lar va / yoki xladagentlarining aralashishiga
va tizimga namlikning kirishiga va natijada R32 xladagentining xususiyatlari
yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
●R32 xladagentining tarkibida xlorning yo'qligi xlorli xladagentlar uchun
mo'ljallangan oqib chiqib ketish detektorlaridan foydalanishni imkonsiz qiladi.
OGOHLANTIRISH!
Yig'ish (montaj qilish) ishlari davomida quvurlarni yopiq joylarda saqlash kerak.
Quvurlarning ikki yon teshiklari germetizatsiya qilinishi va ulagunga qadar
shunday turishi kerak. Tirsaklar, ulanishlar plastik qoplarda saqlanishi kerak.
●Sovutish konturiga loy, chang yoki suvning tushishi yog' xususiyatining
yomonlashishiga va kompressorning ishdan chiqishiga olib keladi.
Ilmoqli gayka va anetsga surtish uchun oz miqdorda sintetik, polier yoki alkil
benzol moyidan foydalaning.
●Mineral moyning konturga tushishi R32 uchun sovutish moyining xususiyatlari
yomonlashishiga olib keladi.
R32ni to'ldirish faqat suyuq fazada amalga oshirilishi kerak.
●R32 xladagentining gaz fazasida to'ldiruvchi ballondagi xladagentning tarkibini
o'zgarishiga va konditsioner tizimining ishchanlik darajasini pasaytirishiga olib
keladi.
To'ldirish balonidan foydalanmang.
● To'diruvchi ballonni ishlatish xladagent tarkibining o'zgarishiga va tizimning
ishchanlik darajasining pasayishiga olib keladi.
Asboblardan foydalanishda ehtiyot bo'lish kerak
● Sovutish konturiga loy, chang yoki suvning tushishi sovutish moyi
xususiyatlarining yomonlashishiga olib keladi.
Ushbu tizim faqat R3.2 xladagentida ishlash uchun mo'ljallangan.
● Boshqa xladagentdan foydalanish (masalan, R22) R32 xususiyatlarining
yomonlashishiga olib keladi.
Blokni o'rnatishdan oldin olib boriladigan tekshiruvlar
OGOHLANTIRISH!
Konditsionerni yonuvchi gazning oqib chiqib ketishi xav bo'lgan joylarga
o'rnatish mumkin emas.
●Ushbu talabni bajarmaslik yong'inga olib kelishi mumkin.
Konditsionerni ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan maqsadlardan
boshqa maqsadlarda foydalanmang. Masalan, oziq-ovqat, o'simliklar,
hayvonlar yoki san'at asarlarini sovutish uchun.
● Ushbu talabga rioya qilmaslik ob'ekt holatining yomonlahishiga yoki
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Konditsionerni nostandart muhit sharoitlarida ishlatmang.
● Konditsionerni havo tarkibida bug', yog'li tuman, kislota bug'lari, ishqorli
erituvchilar yoki maxsus aerozollar miqdori yuqori bo'lgan joylarda ishlatish
konditsioner tizimining ishdan chiqishiga yoki ishchan hussusiyatlarining
yomonlashishiga olib keladi, shuningdek, elektr toki urishi va yong'in xavni
oshiradi.
● Havoda organik erituvchilar, korroziyali gazlar (oltingugurt birikmalari,
ammiak, kislotalar) mavjudligi korroziyaga olib keladi, bu esa, suv yoki
xladagentning oqib chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.
Konditsionerni tibbiy muassasalarga o'rnatayotganda, shovqin darajasini
pasaytirish uchun zarur choralarni ko'ring.
● Yuqori chastotali tibbiy asbob-uskunalar konditsionerning normal ishlashiga
xalaqit berishi yoki konditsionerning o'zi tibbiy asbob-uskunalarning normal
ishlashiga xalaqit berishi mumkin.
Konditsioner tagiga namlikdan zarar yetkazilishi mumkin bo'lgan narsalarni
qo'ymang.
● Namlik darajasi 80% dan oshganda yoki drenaj tizimi tiqilib qolsa, ichki
blokdan suv oqib chiqishi mumkin.
● Tashqi blokdan suv oqib chiqmasligi uchun blokni markazlashtirilgan drenaj
tizimiga ulash tavsiya etiladi.

Содержание

Похожие устройства

Скачать