Samsung RT38K5535S8/WT [160/164] Nosozliklarni bartaraf qilish

Samsung RT38K5535S8/WT [160/164] Nosozliklarni bartaraf qilish
O'zbek52
Nosozliklarni bartaraf qilish
Agar muzlatgich bilan g'ayrioddiy vaziyat yuz bersa, avval quyidagi jadvalga qarang va tavsiyalarni
bajarib ko'ring.
Umumiy
Alomat Harakat
Ishlamayapti yoki
sovitmayapti.
Elektr simi tegishli ravishda ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Harorat to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
Muzlatgichni quyosh nurlari yoki issiqlik manbaidan uzoqroq
bo'lishini ta'minlang. Shunday qilmasangiz sovitish samarasiga ta'sir
bo'ladi.
Muzlatgichning yonlari va orqa tarafda devordan yoki xonadan
yetarlicha bo'sh joy borligiga ishonch hosil qiling. Shunday
qilmasangiz sovitish samarasiga ta'sir bo'ladi.
Juda ko'p oziq-ovqat joylashtirsangiz muzlatgichda havo aylanishini
to'sib qo'yishi mumkin. Muzlatgichning normal ishlashini ta'minlash
uchun ichiga juda ko'p oziq-ovqat qo'ymang.
Muzlatgich ichidagi
oziq-ovqat muzlab
qolmoqda.
Harorat eng past darajaga o‘rnatilmaganligiga ishonch hosil qiling.
Agar shunday bo‘lsa, haroratni oshiring yoki optimal yoki
darajasiga o‘zgartiring.
Bu narsa agar atrofdagi harorat juda past bo'lsa ham yuz berishi
mumkin. Balandroq haroratga qo'ying.
Ko'proq suyuqligi bor oziq-ovqat muzlatgichning eng sovuq qismiga
yoki sovuq havo haydaydigan ventilator oldiga turib qolmaganligini
tekshiring. Agar shunday bo'lsa, uni muzlatgichning boshqa javoniga
ko'chiring.
Shovqin chiqarmoqda.
Muzlatgich barqaror, tekis joyda o'rnatilganligiga ishonch hosil
qiling.
Muzlatgichning yonlari va orqa tarafda devordan yoki xonadan
yetarlicha bo'sh joy borligiga ishonch hosil qiling.
Muzlatgich ichida yoki ostida kir narsalar yoki begona narsalar
saqlamang.
Muzlatgich ichida ajratiladigan qismlar tekkanda yoki kengayganda
tiqillagan tovushlar chiqarishi mumkin. Bu tizimdagi xatolik emas.
Old burchaklari va
yonlari isib kondensat
hosil qilmoqda.
Kondensat hosil bo'lishining oldini olish maqsadida old burchaklarda
issiqlikka bardosh beruvchi naychalar o'rnatilgan. Agar atrofdagi
harorat oshsa, ushbu qurilma samarali ishlamasligi mumkin. Bu
tizimdagi xatolik emas.
Kondensat muzlatgichning tashqi yuzasida ham hosil bo'lishi
mumkin, buning sababi nam havo muzlatgichning muzdek yuzasiga
tekkanidan bo'lishi mumkin.
Nosozliklarni bartaraf qilish
Untitled-10 52 2021-02-26  4:31:36

Содержание

Скачать