Samsung MG23T5018AN/BW Инструкция по эксплуатации онлайн [165/192] 786377

Samsung MG23T5018AN Инструкция по эксплуатации онлайн [165/192] 561065
O'zbek 21
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-6
Pishloqli tostlar
40-60 g Tost noni - 2 dona 26-28 grammdan,
pishloq - 2 dona 20 grammdan
Ko'rsatmalar
Ikkita tostni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli
signal berganida tostlarni ag'daring va ularning ustiga pishloq bo'laklarini
qo'ying. Va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
2-7
Pishloqli suxarilar
125 g (5 dona) Pishloq - 125 g (har biri 25 grammdan 4-5 dona), tuxum -
½ dona, bulash uchun suxari uni - 3-5 g
Ko'rsatmalar
Pishloqni 5 sm x 5 sm o'lchamlardagi to'rtburchak shaklidagi bo'laklarga
kesing. Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va ustidan maydalangan suxari
seping. Avval pech grilini 5 daqiqa qizdirib oling. Pishloqni mumlangan
qog'ozga joylashtiring. Keyin uni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni
boshlang.
2-8
Moskvacha baliq
270 g 01 Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g,
o'simlik yog'i - 5 g
02 Smetana- 30 g (2 x 15 g)
03 Pishirilgan kartoshkaning dumaloq bo'laklari -
2 dona (60-70 g/dona), tuz - 5 g, yanchilgan oq
qalampir - ½ g, qirilgan pishloq - 25 g
Ko'rsatmalar
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. Yog'dan
tomizing(01). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana
porsiyasining yarmini sopol tarelkaga (markaziga) soling (02). Shu smetanaga
qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing. Baliq
atroga kartoshkani yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloq qo'yib chiqing(03).
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-3
Keks
180 g Shakar - 45 g, vanilin xushbo‘yli shakar - 5 g, yog‘ - 40 g,
tuxum - ½ dona, sut - 30 ml, pishirish sodasi - 3 g, un -
100 g
Ko'rsatmalar
Shakar, vanilinli shakar va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuxum qo'shing.
Boshqa masalliqlarni qo'shing. Olingan massani yog'langan jomga
joylashtiring. Tayyorlashni boshlang. Uni jomdan olishdan avval sovushini
kuting.
2-4
Limonli qumloq
pechenye
190 g (5 dona) Un - 100 g, sariyog‘ - 50 g, shakar - 40 g, tuxum sarig‘i -
½ dona, iliq suv - 1 qoshiq, limon po‘stlog‘i, shakar-qiyom
uchun: Tuxum sarig‘i - 1 dona, shakar kukuni - 3-5 g
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Beshta sharchalar yasang. Ularni
mumlangan qog'ozga joylashtiring. Aylanuvchi patnisga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida sharchalarni tuxum
sarig'i bilan tepasidan yog'lang, shakar kukuni seping va tayyorlash jarayonini
davom ettiring. Sovushini kuting.
2-5
Tvorogli somsa
95 grammdan
2 dona
Tvorog - 90-100 g, un - 10 g,
shakar (vanilla qo'shilgan shakar)-10 g, tuz - 0,5 g, tuxum
- ¼ dona, sariyog' - 5-10 g (yog'lash uchun)
Ko'rsatmalar
Yog'dan boshqa barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Ikkita tvorogli
somsa yasang. Tvorogli somsalarni yog' bilan yog'lang. Ularni mumlangan
qog'ozga joylashtiring va keyin gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni
boshlang. Pech tovushli signal berganida tvorogli somsalarni ag'daring va
tayyorlash jarayonini davom ettiring.
MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 21 2020-02-03  2:30:00

Содержание

Похожие устройства

Скачать