Samsung WW80A6S28AX/LD [158/220] Foydalanishga oid ogohlantirishlar

Samsung WW80A6S28AX/LD [158/220] Foydalanishga oid ogohlantirishlar
O'zbek
Xavfsizlikka oid maʻlumotlar
O'zbek10
Kir yuvish mashinasiga birorta begona buyum kirib qolgan hollarda, elektr manbaiga ulash shnurini rozetkadan
uzing va yaqinroqda joylashgan Samsung xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
Bu elektr toki urishi yoki yongʻinga olib kelishi mumkin.
Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida oʻynashiga yoʻl qoʻymang. Kir yuvish
mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari
mumkin.
Foydalanishga oid ogohlantirishlar
DIQQAT
Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ioslangan hollarda,
elektr manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.
Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning oʻchishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki
zanglashga olib kelishi mumkin.
Kuchli zarba taʻsirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda, ehtiyot boʻling.
Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.
Uzoq vaqt foydalanilmagandan, suv taʻminotida nosozlik boʻlgandan yoki suv taʻminot kranini qayta ulagandan
keyin suv kranini sekin oching.
Suv quyish shlangi yoki vodoporvod quvuridagi havo bosimi jihoz qismlarini shikastlashi yoki suvning oqib
chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinasini ishlatish vaqtida suv chiqishi xatoligi sodir boʻlsa, suv chiqarish tizimi bilan bogʻliq
muammoning mavjudligini tekshiring.
Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga koʻmilgan holda foydalanilsa, bu
elektr toki urishi yoki yongʻinga sabab boʻlishi mumkin.
Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda, toʻlaligicha kir yuvish
mashinasining ichiga joylashtiring.
Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki
suvning chiqib ketishi sodir boʻlishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda, kranni yopib qoʻying.
Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.
Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, soch va hokazo)
yoʻqligiga ishonch hosil qiling.
Agar begona buyumlar eshikka tiqilib qolsa yoki eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab
boʻlishi mumkin.
Jihozdan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam biriktirilganligi va
suvning oqib chiqmasligini tekshiring.
Agar suv quyish shlangi ulovchisi vintlari boʻshab qolgan boʻlsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab boʻlishi
mumkin.
Untitled-3 10 2021-09-30  11:15:35

Содержание

Похожие устройства

Скачать