Samsung WW80A6S28AX/LD [165/220] O rnatish bo yicha talablar

Samsung WW80A6S28AX/LD [165/220] O rnatish bo yicha talablar
O'zbek
O'zbek17
O‘rnatish bo‘yicha talablar
Elektr ta’minoti va yerga ulash
Faqat kir yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan
alohida zanjir tarmog‘idan foydalaning.
Yerga to‘g‘ri ulashini kafolatlash uchun kir yuvish
mashinasi yerga ulangan rozetkadan foydalanish
uchun mo‘ljallangan, yerga ulash kabeliga ega bo‘lgan
uch shtirli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga
beriladi.
Agar yerga ulanganligi to‘g‘risida ishonchingiz komil
bo‘lmasa, malakali elektrik yoki xizmat ko‘rsatuvchi
mutaxassisga murojaat qiling.
Berilgan vilkani o‘zgartirmang. Agar u rozetkaga toʻgʻri
kelmasa, mos rozetkani oʻrnatish uchun malakali
elektrikni chaqiring.
OGOHLANTIRISH
Uzatma simidan FOYDALANMANG.
Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr
manbaiga ulash shnuridan foydalaning.
Yerga ulash simini hech qachon plastik
vodoprovod liniyalari, gaz ta’minlash liniyalari yoki
issiq suv quvuriga ULAMANG.
Noto‘g‘ri ulangan yerga ulash o‘tkazgichlari elektr
toki urishiga olib kelishi mumkin.
Suv quyish
Ushbu kir yuvish mashinasi uchun mos suv bosimi 50
kPadan 800 kPagachadir. 50 kPadan pastroq boʻlgan
suv bosimi suv supapining toʻliq yopilmasligiga
olib kelishi mumkin, shu tufayli barabanni toʻldirish
koʻproq vaqt talab qilishi mumkin, bu esa kir yuvish
mashinasining oʻchishiga olib keladi. Mashina
bilan birga berilgan suv quyish shlanglari kir yuvish
mashinasiga yetishi uchun suv kranlari kir yuvish
mashina orqa panelidan 120 smdan kamroq masofada
bo‘lishi kerak.
Suv sizib chiqishi xavni kamaytirish uchun:
Suv kranlaridan osongina foydalanish
mumkinligiga ishonch hosil qiling.
Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan
vaqtda, kranlarni yopib qo‘ying.
Suv quyish shlanglari to‘plamidan suv
oqmayotganligini muntazam ravishda tekshirib
turing.
DIQQAT
Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan
avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod
kranlariga ulanadigan barcha joylardan suv oqib
ketmayotganligini tekshiring.
Oqava
Samsung balandligi 60-90 sm boʻlgan quvurni tavsiya
qiladi. Suvni chiqarish shlangi qisqich bilan vertikal
trubaga bog'langan bo'lishi kerak, vertikal truba esa
suv chiqarish shlangini to'laligicha qoplashi shart.
Untitled-3 17 2021-09-30  11:15:36

Содержание

Похожие устройства

Скачать