Samsung VC20M2560CP/EV розовый Руководство по эксплуатации онлайн [49/60] 786712

Samsung VC20M2560CP/EV розовый Руководство по эксплуатации онлайн [49/60] 786712
O‘zbek
9
TAYYORGARLIK
DIQQAT
Ishlatish paytida
Quvurni mo‘ljallangan maqsaddan boshqa joyda ishlatmang.
Natijada jarohat yetkazishi yoki shikastlanishi mumkin.
Changyutkichni ishlatayotganda, jihozning korpus qopqog‘ini
ko‘tarsangiz, xavfsizlik qurilmasi ishga tushadi va ishlash tovushi
o‘zgarishi mumkin.
Changyutkichni ishlatayotganda, jihozning korpus qopqog‘ini
ko‘tarsangiz, ishlash tovushi o‘zgargani bilan, chang qopining tagidagi
dumaloq naycha changning to‘kilishiga yo‘l qoymaydi.
Quvvat shnurini sariq belgidan uyog‘iga tortmang, joyiga yig‘ayotganda
esa bir qo‘llab ushlab turing.
Agar sariq belgidan uyog‘ida tortsangiz, quvvat shnuri shikastlanishi
mumkin. Agar joyiga yig‘ayotganda ushlab turmasangiz, u nazoratni
yo‘qotib, atrofdagi odamlar yoki buyumlarni shikastlashi mumkin.
Changyutkichdan noodatiy tovush, hid yoki tutun chiqsa, uni darhol
rozetkadan sug‘urib, xizmat ko‘rsatish vakiliga murojaat qiling.
Yong‘in chiqishi yoki tok urishi mumkin.
Changyutkichni isitish jihozlari (plita kabi), yonuvchan sepiluvchi
moddalar yoki o‘t oluvchi materiallar yaqinida ishlatmang.
Yong‘in chiqishi yoki jihozning shakli buzilishi mumkin.
Yuqori samaradorlikda ishlashi uchun chang qopi to‘lmasidan oldin
bo‘shatib turing.
Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatish
Changyutkichni uzoq vaqt ishlatmaydigan bo‘lsangiz, uni tokdan sug‘urib
qo‘ying.
Aks holda tok urishi yoki yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.
3_VC2500_UZ_00759A-06.indd 9 2019-03-21 오전 11:45:09

Содержание

Скачать