Artel Gloria 07 ARTSTA3AF07HE [12/32] Страница 12

Artel Gloria 07 ARTSTA3AF07HE [12/32] Страница 12
HAVO OQIMI YO’NALISHINI NAZORAT QILISH
Havo oqimini to’gri yo’naltiring, aks holda konditsionerdan chiqayotgan havo oqimi noqulaylik tugdirishi yoki xona
harorati nomutanosilbligiga olib kelishi mumkin.
Masofadan boshqarish pulti yordamida gorizontal jalyuzi holatini sozlang
Vertikal jalyuzini esa qo’lda to’g’irlash ham mumkin.
HAVO OQIMINING VERTIKAL YO’NALISHINI NAZORAT QILISH (tepaga-pastga)
Havo oqimini o’zgartirish konditsioner ishlayotgan holatda amalga oshiriladi. Havo oqimini o’zgartirish uchun
masofadan boshqarish pultidan foydalaning. Bunda MB pulti tugmasini bosish orqali gorizontal panjara muayyan
burchak ostida buriladi yoki avtomatik ravishda pastga-tepaga harakatlanadi.
HAVO OQIMINING GORIZONTTAL YO’NASHINI NAZORAT QILISH (chapga-o’ngga)
Havo oqimini kerakli tomonga o’zgartirish uchun vertikal jalyuzilarni qo’lda yoki MB yordamida avtomatik tarzda
sozlash mumkin.
MUHIM MA’LLUMOT: Vertikal jalyuzini sozlashdan oldin konditsionerning elektr tarmog’idan uzilganligiga ishonch hosil
qiling.
KONDITSIONERNING ISHLASH PRINSIPI
Avtomatik ravishda ishlash
Avtomatik rejimga (AUTO) o’tkazilganda, o’rnatilgan yoki xona haroratiga mos ravishda konditsionerning o’zi
sovutish, isitish (agar model sovutadigan/isitadigan bo’lsa) yoki ventilyatsiya rejimlariga o’tib ishlaydi.
Konditsioner o’rnatilgaan xona haroratini avtomatik ravishda saqlab turadi.
Agar avtomatik rejiminig havo harorati sizni qoniqtirmasa, u holda ish rejimini qo’lda sozlash orqali o’zgartirishingiz
ham mumkin.
QURITISH REJIMIDA ISHLASH
Quritish (DRY) rejimida harorat sovutish rejimini o’chirib-yoqish tugmasi yoki ventilyator yordamida boshqariladi.
Ventilyator tezligi ko’rsatgichi AUTO rejimini ko’rsatadi va konditsioner past quvvatda ishlaydi.
OPTIMAL RAVISHDA ISHLASH
Konditsioner optimal ravishda ishlashi uchun quyidagilarga amal qiling:
Havo oqimini to’g’ri yo’naltiring, u odamlarga yo’naltirilmasligi lozim.
Qulay xona haroratini o’rnating. Harorat juda yuqori ham, juda past ham bo’lmasligi e’tibor bering.
Sovutish (COOL) yoki Isitish (HEAT) rejimlari ishlayotganda xonaning eshik va derazalari yopiq tursin, aks holda,
konditsionerning ishlash samaradorligiga ta’sir qiladi.
Konditsionerning ishga tushish vaqtini belgilash uchun masofadan boshqarish pultidagi TIMER yoqish tugmasidan
foydalaning.
Konditsionerning havo kiradigan va chiqadigan yollarini biror buyum bilan tosib qo’ymang, aks holda,
konditsionerning ishlash samaradorligi kamayib, uni ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
12

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 0

Как переключить на режим тепло
8 месяцев назад