Artel Gloria 07 ARTSTA3AF07HE [4/32] Страница 4

Artel Gloria 07 ARTSTA3AF07HE [4/32] Страница 4
1. Sizning elektr toki ta'minotingiz (kuchlanish va maksimal tok) mahsulot yorlig'ida ko'rsatilgan tavsifga mos ekanligiga
ishonch hosil qiling.
2. Ta'minot simi yoki vilkada shikastlanish yo'qligini muntazam tekshirib turing, agar shnur shikastlangan bo'lsa jihozni
ishlatish ta'qiqlanadi.
3. Elektr toki urishidan saqlanish maqsadida jihozning namlik yuqori bo'lgan xonada (masalan, vannada) foydalanish
yoki unga ho'l qo'l bilan tegish ta'qiqlanadi.
4. Elektr toki tarmog'iga ulashda ta'minot mahsulot texnik tavsifidagi quvvatga mos keladigan bo'lishi, shuningdek,
ushbu mahsulot bilan birgalikda yetkazib berilgan elektr simidan foydalanilishi lozim.
5. Konditsionerni ta’minot manbayiga ulanishi uchun qulay holatda joylashtirilishi lozim. Bu talabga amal qilmaslik
elektr toki urishi yoki elektr toki oqimi ta'sirida yong'in kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
6. Konditsioner zaminlangan (zaminlash simi yerga ulangan) holatda bo'lishi lozim. Konditsioner zaminlash simlarini gaz
quvuri, plastmass suvoqava quvuri yoki telefon tarmoq simlari orqali yerga ulash mumkin emas. Bu talabga amal
qilmaslik elektr tokidan shikastlanish, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin. Tegishlicha zaminlangan (yerga
ulangan) rozetkadan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling.
7. Tashqi blokning elektr qismini ob-havo ta'siridan himoya qilish maqsadida tashqi blokni yaxshilab mahkamlang. Bu
talabga amal qilmaslik elektr tokidan shikastlanish, yong'in yoki portlash, shuningdek jihozning ishdan chiqishiga olib
kelishi mumkin.
4
Elektr toki shikast yetkazmasligi uchun konditsioner elektr toki jihatidan
yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Tan jarohati keltirib chiqarishi yoki mulkka shikast yetkazishi
mumkin bo'lgan tavakkal qilingan yoki xavfli harakatlar
Muhim belgilar:
1. Jihozni elektr ta'minotiga ulashda uzaytirgich hamda o'tkazuvchilardan foydalanish ta'qiqlanadi. Elektr ta'minoti
simlarini uzaytirish elektr tokidan shikastlanish yoki yong'in kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
2. Jihoz qismlariga o'zgartirish kiritish, uni o'zgartirish yoki mustaqil ravishda ta'mirlashga urinish ta'qiqlanadi.
Bu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki elektr toki oqimi ta'sirida yong'in kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
3. Elektr tokidan shikastlanishni oldini olish maqsadida jihoz elektr simini, vilkasi yoki jihozning o'zini suvga yoki boshqa
suyuqlikka tiqish ta'qiqlanadi.
4. Juft kabel yoki uzaytirish kabelidan foydalanish ta'qiqlanadi.
Bu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong'in kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
5. Jihozdan foydalanishda ishlab turgan rozetkaga boshqa elektr jihozlarni ulash jihozning elektr qismlaridan issiqlik
ajralib chiqishi va elektr tokidan shikastlanishga, shuningdek yong'in kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 0

Как переключить на режим тепло
8 месяцев назад