Artel Gloria 07 ARTSTA3AF07HE [5/32] Страница 5

Artel Gloria 07 ARTSTA3AF07HE [5/32] Страница 5
1. Mazkur jihozni o'rnatish malakali mutaxassis yoki xizmat ko'rsatish markazi tomonidan amalga oshirilishi lozim. Bu
talabga amal qilmaslik elektr tokidan shikastlanish, yong'in, portlash, mahsulotning ishdan chiqishi, jarohat olish,
shuningdek mahsulotga belgilangan kafolatning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
2. Jihozni isitish uskunalari yoki yonuvchi materiallar yaqiniga o'rnatmang.
Bu talabga amal qilmaslik elektr tokidan shikastlanish, yong'in, portlash, mahsulotning ishdan chiqishi, jarohatga olib
kelishi mumkin.
3. Mazkur jihozni nam, moy bilan ifloslangan yoki chang, shuningdek gaz chiqishi mumkin bo'lgan xonaga o'rnatmang.
Bu talabga amal qilmaslik elektr tokidan shikastlanish yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
4. Jihozni gorizontal va o'z vaznini tutib turishi uchun tik holatda o'rnating.
Bu talabga amal qilmaslik tebranish, shovqin yoki mahsulotning noto'g'ri ishlashiga sabab bo'lishi mumkin.
5. Ta'minot simidan tortmang va uning buklanishiga yo'l qo'ymang. Simni buramang va uni o'ramang. Ta'minot simini
metall predmetlarga ilmang, sim ustiga og'ir jismlar qo'ymang, ta'minot simini bir necha predmetlar o'rtasiga qo'ymang
va jihozning orqa qismiga simni tiqmang. Bu elektr tokidan shikastlanish yoki yong'inga olib kelishi mumkin.
6. Konditsionerdan uzoq vaqt davomida foydalanmaganingizda hamda chaqmoq va yashinli momaqaldiroq paytida uni
o'chirib qo'ying.
Bu talabga amal qilmaslik elektr tokidan shikastlanish yoki yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
7. Xonadagi jihozlardan gaz (propan, siqilgan neft gazi va boshq.) sizib chiqayotganini sezsangiz zudlik bilan xonani
shamollating, bu paytda vilkaga, jihozga yoki ta’minot elektr simiga tegmang. Shamollatish ventilyatorini yoqmang.
Uchqun yong’in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
8. Konditsionerni sovutish rejimida yoki havo oqimi pastki yo’nalishda quritish rejimida uzoq vaqt ishlashiga yo’l
qo’ymang. Ask holda, gorizontal qopqoq sathida kondensat hosil bo’lib, uning pastga oqishi natijasida mulkka ziyon
yetishi mumkin.
9. Zarur bo’lmasa, gorizontal qopqoqni qo’l kuchi yordamida harakatga keltirmang. Har doim masofadan boshqarish
pultidan foydalaning. Bu talabga rioya qilmaslik jalyuzining sinishi yoki elektr tokidan shikastlanishiga olib kelishi
mumkin.
10. Agar konditsioner ishi to’xtatilgandan so’ng darhol yoqilgan hollarda gorizantal qopqoq 10 soniya davomida
harakatsiz turishi mumkin. Gorizantal qopqoqning ochilish burchagi juda tor bo’lmasligi lozim, chunki “COOLING”
sovutish rejimida yoki”HEATING” isitish rejimida havo oqimining o’tishi qiyinligi sababli konditsioner ishi qiyinlashishi
mumkin. Xona bloki uchun doimiy normal ventilyatsiyani ta`minlang, uni kiyim yoki boshqa predmetlar bilan to’sib
qo’ymang.
11. Konditsioner elektr ta’minotiga ulanganda gorizantal qopqoq o’ziga xos ovoz chiqarishi mumkin, biroq bunda ish
rejimi normal kechadi.
12. Konditsioner ichki qismini mustaqil ravishda tozalamang. Jihozning ichki qismini tozalash uchun yaqin oradagi servis
markaziga murojat qiling. Ichki filtrni tozalashdan oldin “Konditsionerni tozalash” bo’limidagi tushuntirishlar bilan
tanishing. Bu talablarga rioya qilmaslik jihozning sinishi, elektr tokidan shikastlanish yoki yong’inga olib kelishi mumkin.
13. Konditsionerdan chiqayotgan havo oqimi ostida odamlar, hayvonlar va o’simliklar uzoq vaqt davomida turishiga yo’l
qo’ymang. Bu odamlar, hayvonlar va o’simliklarga zarar yetkazishi mumkin.
14. Ushbu jihozdan jismoniy, ruhiy va aqliy imkoniyatlari cheklangan shaxslar (shu jumladan bolalar) hamda, yetarli
bilim va malakaga ega bo’lmagan shaxslarning foydalanishlari maqsadga muvofiq emas. Ularning xavfsizligi uchun
mas`ul shaxs yoki qanday foydalanishni o’rgatadigan hollar bundan mustasno.
Bolalarni jihoz bilan o’ynashiga yo’l qo’ymang.
15. Ushbu jihozni o’rnatish sertifikatga ega mutaxassis yoki xizmat ko’rsatish kompaniyasi tomonidan o’rnatilishi lozim.
Jihoz mustaqil ravisha o’rnatilgan taqdirda gaz sizib chiqishi, elektr toki urishi, yong’in kelib chiqish xavfi va boshqa
noxush holatlar yuz berishi mumkin.
16. Suvning normal oqib ketishi uchun suv shlangini to’g’ri ulang. Bu talabga rioya qilmaslik jihozdan suv to‘kilishiga va
mulkka ziyon yetishiga olib keladi.
5

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 0

Как переключить на режим тепло
8 месяцев назад