Grundig GQN20130LXBR [101/105] Muammolarni bartaraf etish

Grundig GQN20130LXBR [101/105] Muammolarni bartaraf etish
31 / 33 OʻZB
Sovitkich / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
Muammolarni bartaraf etish
Sovitkich tez-tez yoki uzoq vaqt
ishlaydi.
Sizning yangi mahsulotingiz avvalgisidan
kattaroq boʻlishi mumkin. Kattaroq
sovitkichlar uzoqroq muddat ishlaydi.
Xona harorati yuqori boʻlishi mumkin.
>>> Mahsulotning issiq muhitda uzoqroq
ishlashi odatiy hol hisoblanadi.
Sovitkich hozirgina elektr tarmogʻiga
ulangan yoki mahsulotlar bilan yuklangan
boʻlishi mumkin. >>>Mahsulot elektr
tarmogʻiga endigina ulangan yoki oziq-
ovqat yuklangan bo‘lsa, belgilangan
haroratga yetishi uchun ko‘proq vaqt
ketadi. Bu odatiy holat hisoblanadi.
Sovitkichga yaqinda katta miqdordagi
issiq ovqat joylashtirilgan boʻlishi
mumkin. Sovitkich ichiga issiq oziq-ovqat
mahsulotlarini qoʻymang.
Eshiklar tez-tez ochilgan yoki uzoq
vaqt qiya ochiq qolgan boʻlishi mumkin.
>>>Sovitkichga kiradigan issiq havo
uning uzoqroq vaqt ishlashiga olib keladi.
Eshiklarni tez-tez ochmang.
Muzlatkich yoki sovitish boʻlinmasi
eshik qiya ochiq qoldirilgan boʻlishi
mumkin. >>> Eshiklar toʻliq yopilganligini
tekshiring.
Jihoz juda past haroratga qoʻyilgan
boʻlishi mumkin qoʻyilgan. >>>Sovitkich
haroratini issiqroq darajaga qoʻying
va mahsulot sozlangan haroratga
yetgunicha kuting.
Muzlatkich yoki muzlatish boʻlinmasining
eshik zichlagichi ifloslangan, eskirgan,
singan yoki toʻgʻri oʻrnatilmagan boʻlishi
mumkin. >>>Zichlagichni tozalang
yoki almashtiring. Zararlangan/singan
zichlagich sovitkichning joriy haroratni
saqlab turish uchun uzoqroq vaqt
ishlashiga olib keladi.
Sovitish boʻlinmasi harorati yetarli
darajada, lekin muzlatkich harorati
juda past.
Muzlatish boʻlinmasi boʻlinmasi
harorati juda quyi qiymatga
qoʻyilgan boʻlishi mumkin. >>>
Muzlatish boʻlinmasi haroratini
yuqoriroq qiymatga qoʻying va
tekshiring.
Muzlatish boʻlinmasi harorati yetarli
darajada, lekin sovitkich harorati
juda past.
Sovitkich harorati juda past
darajaga qoʻyilgan. >>>Sovitkich
haroratini yuqoriroq qiymatga
sozlang va tekshiring.
Sovitish boʻlinmasi tochkasida
saqlangan mahsulotlar muzlagan.
Sovitish boʻlinmasi harorati juda
yuqori qiymatga qoʻyilgan boʻlishi
mumkin. >>>Sovitish boʻlinmasi
haroratini quyiroq qiymatga qoʻying
va tekshiring.
Sovitkich yoki muzlatish
boʻlinmasidagi harorat juda yuqori.
Sovitish boʻlinmasi harorati juda
yuqori qiymatga qoʻyilgan boʻlishi
mumkin. >>> Sovitish boʻlinmasi
harorat sozlamasi muzlatkich
haroratiga taʼsiri bor. Sovitkich yoki
muzlatish boʻlinmasi harorati kerakli
darajaga yetgunga qadar sovitkich
yoki muzlatish boʻlinmasi haroratini
oʻzgartiring.
Eshiklar tez-tez ochilgan yoki uzoq
vaqt qiya ochiq qolgan boʻlishi
mumkin. >>>Eshiklarni tez-tez
ochmang
Eshik qiya ochiq qoldirilgan boʻlishi
mumkin. >>>Eshikni toʻliq yoping.
Sovitkich hozir elektr tarmogʻiga
ulangan yoki mahsulotlar bilan
yuklangan boʻlishi mumkin. >>>Bu
normal holat hisoblanadi. Mahsulot
elektr tarmogʻiga endigina ulangan
yoki oziq-ovqat yuklangan bo‘lsa,
belgilangan haroratga yetishi uchun
ko‘proq vaqt ketadi.
Sovitkichga yaqinda katta
miqdordagi issiq ovqat
joylashtirilgan boʻlishi mumkin.
Sovitkich ichiga issiq oziq-ovqat
mahsulotlarini qoʻymang.

Содержание