Grundig GQN20130LXBR [91/105] Mahsulotni ishlatish

Grundig GQN20130LXBR [91/105] Mahsulotni ishlatish
21 / 33 OʻZB
Sovitkich / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
Mahsulotni ishlatish
Haroratni oʻrnatish indikatori Muzlatish
boʻlinmasi uchun oʻrnatilgan haroratni
koʻrsatadi.
11-Eko-ekstra indikatori
Eko ekstra funksiyasi faolligida Eko-ekstra
indikatori yonadi.
12-Tezkor muzlatish indikatori
Tezkor muzlatish funksiyasi faolligida bu
indikator yonadi.
13-Muzlatkichni sozlash funksiyasi
Bu funksiya muzlatish boʻlinmasi haroratini
sozlash imkonini beradi. Muzlatish
boʻlinmasi haroratini mos ravishda 0, -2,
-4, -6, -8, -10 yoki -12 ga oʻrnatish uchun
:5#/5.8*-3#:9)3-."
14-Tezkor muzlatish funksiyasi
Tezkor muzlatish funksiyasi yoniq
ekanligida Tezkor muzlatish indikatori
yonadi. Bu funksiyani bekor qilish uchun
Tezkor muzlatish tugmasini qayta bosing.
Tezkor muzlatish indikatori oʻchadi va
oʻzining normal sozlamalariga qaytadi.
Agar uni bekor qilmasangiz, tezkor
muzlatish rejimi 4 soatdan keyin yoki
muzlatish boʻlinmasi kerakli haroratga
yetganda avtomatik ravishda oʻzini oʻzi
bekor qiladi.
Agar katta miqdordagi yangi mahsulotlarni
muzlatishni xohlasangiz, oziq-ovqat
mahsulotlarini muzlatish boʻlinmasiga
solishdan oldin Tezkor muzlatish tugmasini
bosing. Agar Tezkor muzlatish tugmasini
qisqa vaqt oraligʻida qayta-qayta
bossangiz, elektron zanjirlarning himoyasi
darhol faollashadi.
Bu funksiya elektr quvvati uzilganidan
keyin quvvat qayta tiklanganda
faollashmaydi.
15-Eko-ekstra (Maxsus tejamkor
foydalanish) funksiyasi
Eko ekstra funksiyasini faollashtirish uchun
Tezkor muzlatish\Eko ekstra
tugmasini 3
soniya bosib turing. Sovitkich kamida
6 soatdan keyin eng tejamkor rejimda
ishlay boshlaydi va funksiya faol
boʻlganda tejamkor foydalanish indikatori
yonadi. Eko fuzzi funksiyasini oʻchirish
uchun Tezkor muzlatish tugmasini 3
soniya bosib turing.
16-Signal oʻchiq
Sovitkich eshigi 2 daqiqa davomida
ochiq turganda yoki sensor ishlamay
qolganda ovozli signal yoqiladi. Signalni
“Signal oʻchiq” tugmasini bosish orqali
oʻchirish mumkin.
Sensorning ishlamay qolishi haqida
signal elektr taʼminoti uzilmagunga qadar
eshitilmaydi. Agar eshikni yopsangiz va
yana ochsangiz, “Eshik ochiq signali” 2
daqiqadan so‘ng yana faollashadi.

Содержание