Grundig GQN20130LXBR [80/105] Oʻrnatish

Grundig GQN20130LXBR [80/105] Oʻrnatish
10 / 33 OʻZB
Sovitkich / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
3.1 Oʻrnatish uchun munosib joy
Mahsulotni oʻrnatish uchun vakolatli xizmatga
murojaat qiling. Mahsulotni foydalanishga
tayyorlash uchun foydalanuvchi
qoʻllanmasidagi maʼlumotlarga qarang va
elektr oʻrnatishi va suv oʻrnatishi muvofiq
ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar bunday
boʻlmasa, zaruriy choralarni amalga oshirish
uchun malakali elektrik va texnikni chaqiring.
B
OGOHLANTIRISH: Ishlab
chiqaruvchi vakolatsiz shaxslar
tomonidan amalga oshirilgan
protseduralar natijasida yuzaga
kelishi mumkin boʻlgan zararlar
uchun javobgar hisoblanmaydi.
B
OGOHLANTIRISH: Oʻrnatish
davomida mahsulotni elektr
taʼminotiga ulamang. Aks holda, oʻlim
yoki jiddiy jarohatlanish xavfi mavjud.
A
OGOHLANTIRISH: : Agar
mahsulot joylashtiriladigan
xonaning eshik boʻshligʻi
mahsulotni olib oʻtishga juda torlik
qilsa, xonaning eshigini yechib
oling va mahsulotni yon tomonga
burab eshikdan oʻtkazing; agar
bu usul natija bermasa, vakolatli
xizmatga murojaat qiling.
Tebranishlarning oldini olish uchun
mahsulotni tekis pol yuzasiga joylashtiring.
Mahsulotni plitalar, isitkichlar va pechlar
kabi issiqlik manbalaridan kamida 30
sm va elektr pechlardan kamida 5 sm
masofada oʻrnating.
Mahsulotga toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlari
tushmasligi va nam joylarda saqlanmasligi
kerak.
Mahsulotingizning samarali ishlashi uchun
yetarli darajada havo aylanishi talab
qilinadi. Agar mahsulot taxmonsimon
qismga joylashtirilsa, mahsulot va shift,
orqa devor va yon devorlar oʻrtasida
kamida 5 sm boʻsh joy qoldiring.
Agar mahsulot taxmonsimon qismga
joylashtirilsa, mahsulot va shift, orqa
devor va yon devorlar oʻrtasida kamida
5 sm boʻsh joy qoldiring. Orqa devordagi
3 Oʻrnatish
oraliq masofani saqlovchi komponent oʻz
joyida ekanligini tekshiring (agar mahsulot
bilan taqdim etilgan boʻlsa). Agar
komponent mavjud boʻlmasa, yoʻqolgan
yoki tushib ketgan boʻlsa, mahsulotni
mahsulotning orqa yuzasi va xonaning
devori oʻrtasida kamida 5 sm boʻsh joy
qoladigan holda joylashtiring. Orqa
tarafdagi oraliq masofa mahsulotning
samarali ishlashi uchun muhim
hisoblanadi.
Mahsulotni harorat -5°C dan past boʻlgan
joylarga oʻrnatmang.
3.2 Plastik tirgaklarni oʻrnatish
Mahsulot bilan birga taqdim etilgan plastik
tirgaklar mahsulot va orqa devor orasida
havo aylanishini taʼminlash maqsadida
masofa qoldirish uchun ishlatiladi.
1.
Tirgaklarni oʻrnatish uchun mahsulotdagi
vintlarni olib tashlang va tirgaklar bilan birga
taqdim etilgan vintlarni ishlating.
2.
Rasmda tasvirlarganidek, orqa shamollatish
qopqogʻiga 2 ta plastik tirgakni kiriting.

Содержание