Grundig GQN20130LXBR [102/105] Muammolarni bartaraf etish

Grundig GQN20130LXBR [102/105] Muammolarni bartaraf etish
32 / 33 OʻZB
Sovitkich / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
Muammolarni bartaraf etish
Tebranish yoki shovqin.
Pol tekis yoki barqarorl boʻlmasligi mumkin.
>>>Agar mahsulot sekin harakatlanganda
tebransa, uni muvozanatga keltirish uchun
oyoqlarini sozlang. Pol tekis va sovitkichni
koʻtara oladigan ekanligiga ishonch hosil
qiling
Sovitkich ustiga qoʻyilgan narsalar
shovqin chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
>>>Sovitkich ustidagi narsalani olib tashlang.
Sovitkichdan suyuqlik toʻkilishi
yoki purkalishi kabi shovqinlar
kelmoqda.
Suyuqlik va gaz oqimlari
muzlatkichning ishlash tamoyillariga
muvofiq sodir boʻladi. >>>Bu normal
holat boʻlib, nuqson hisoblanmaydi.
Sovitkiichdan hushtak eshitiladi.
Bu yerda sovitkichni sovitish
uchun ishlatiladigan ventilyator
bor. Bu normal holat boʻlib, nuqson
hisoblanmaydi.
Sovitkichning ichki devorlarida
namlik toʻplanadi.
Issiq yoki nam havo muzlash
va kondensatsiya miqdorini
koʻpaytiradi. Bu normal holat boʻlib,
nuqson hisoblanmaydi.
Eshiklar tez-tez ochilgan yoki uzoq
vaqt qiya ochiq qolgan boʻlishi
mumkin. >>>Eshiklarni tez-tez
ochmang. Eshiklar ochiq boʻlsa,
ularni yoping.
Eshik qiya ochiq qoldirilgan boʻlishi
mumkin. >>>Eshikni toʻliq yoping.
Sovitkichning tashqi yuzasida yoki
eshiklar orasida namlik paydo
boʻladi
Havo nam boʻlishi mumkin. Bu holat nam
ob-havoda normal hisoblanadi. >>>Namlik
darajasi tushishi bilan kondensatsiya yoʻq
boʻladi.
Agar mahsulotingizni kamdan-kam hollarda
ishlatsangiz, sovitkichning ikkita eshigi
orasidagi qismida tashqi kondensatsiya
hosil boʻlishi mumkin. Bu odatiy holat
hisoblanadi. Doimiy foydalanishdan keyin
kondensatsiya yoʻqoladi.
Sovitkich ichida yomon hid bor.
Muntazam ravishda tozalash
ishlari amalga oshirilmagan boʻlishi
mumkin. Sovitkichning ichki qismini
shimgich, iliq suv yoki gazlangan
suv bilan tozalang.
Ayrim idishlar va qadoqlash
materiallari hidga sabab boʻlishi
mumkin. >>>Boshda brendga
tegishli idish yoki qadoqlash
materiallaridan foydalaning.
Oziq-ovqat mahsulotlari sovitkichga
qopqoqsiz idishlarda joylashtirilgan
boʻlishi mumkin. >>>Oziq-ovqat
mahsulotlarini yopiq idishlarga
joylashtiring. Qopqoqsiz idishlardan
chiqadigan mikroorganizmlar
yoqimsiz hidlarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Eskirgan yoki aynigan mahsulotlarni
sovitkichdan chiqarib tashlang.
Eshilarni yopib boʻlmaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining
qadoqlari eshikning yopilishiga
qoʻymayotgan boʻlishi mumkin.
>>> Eshikka toʻsqinlik qilayotgan
qadoqlarni qayta joylashtiring.
Sovitkich polda muvozanatsiz
turgan boʻlishi mumkin.
>>>Sovitkichni muvozanatda saqlab
turish uchun sovitkich oyoqlarini
kerakli tarzda sozlang.
Pol tekis yoki mustahkam
boʻlmasligi mumkin. >>> Pol tekis va
sovitkichni koʻtara oladigan darajada
ekanligiga ishonch hosil qiling
Meva idishlari tiqilib qoldi.
Mahsulotlar meva idishining ustki
devoriga tegib turgan boʻlishi
mumkin. >>>Mevalar idishidagi
mahsulotlarni qayta tartiblang.

Содержание