Beko MGC20130BB [66/86] Xavfsizlik va atrof muhit boʻyicha

Beko MGC20130BB [66/86] Xavfsizlik va atrof muhit boʻyicha
Mikrotoʻlqinli pech / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
66 / UZ
1 Xavfsizlik va atrof-muhit boʻyicha
muhim koʻrsatmalar
Muhim xavfsizlik
koʻrsatmalarini diqqat
bilan oʻqib chiqing va
kelgusida foydalanish
uchun saqlab qoʻying
1.1 Xavfsizlik boʻyicha
ogohlantirishlar
Ushbu boʻlimda yongʻin,
elektr toki urishi, mikrotoʻlqin
energiyaning sizib chiqishi,
tan jarohatlar yoki mulkka
ziyon yetishi xavfidan
himoya qilishga yordam
beradigan xavfsizlik
koʻrsatmalari berilgan.
Ushbu koʻrsatmalarga
amal qilmaslik har qanday
kafolatni bekor boʻlishiga
olib keladi.
Beko mikrotoʻlqinli pechlari
amaldagi xavfsizlik
standartlariga mos keladi;
shu sababli, jihoz yoki
elektr kabeliga biron bir
ziyon yetgan taqdirda, har
qanday xavfning oldini
olish uchun u sotuvchi,
xizmat koʻrsatish markazi
yoki mutaxassis va
shunga oʻxshash vakolatli
xizmat koʻrsatuvchi
tomonidan taʼmirlanishi
yoki almashtirilishi kerak.
Notoʻgʻri yoki malakaga
ega boʻlmagan holda
taʼmirlash xavfli boʻlishi
va foydalanuvchiga xavf
tugʻdirishi mumkin.
Ushbu jihoz uy xoʻjaligi
va shunga oʻxshash
joylarda foydalanish uchun
moʻljallangan, jumladan:
Doʻkonlar, ofislar va
boshqa ish muhitlaridagi
xodimlar oshxonalarida;
Fermalarda
Mijozlar tomonidan
mehmonxonalarda va
boshqa turar joy tipidagi
muhitlarda;
Yotoq va nonushta
tipidagi muhitlarda.
U sanoat yoki
laboratoriyada foydalanish
uchun moʻljallanmagan.
Pechning eshigi ochiq
boʻlganda uni ishga
tushirishga urinmang;
aks holda siz zararli
mikrotoʻlqin energiyaga
taʼsiriga uchrashingiz
mumkin. Xavfsizlik
qulflari oʻchirilmasligi yoki
buzilmasligi kerak.

Содержание

Похожие устройства

Скачать