Beko MGC20130BB [75/86] Oʻrnatish va ulash

Beko MGC20130BB [75/86] Oʻrnatish va ulash
Mikrotoʻlqinli pech / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
75 / UZ
3 Oʻrnatish va ulash
3.1 Oʻrnatish
1. Barcha qadoqlash materiallari
eshikning ichki qismidan olib
tashlanganligiga ishonch hosil qiling.
A
OGOHLANTIRISH: Pechda
notoʻgʻri tekislangan
yoki egilib qolgan eshik,
shikastlangan eshik
zichlagichlari va zichlash
yuzasi, singan yoki
boʻshashgan eshik ilgich va
tutqichlari va boʻshliq ichida
yoki eshikda chuqurchalar
kabi birorta zararlangan
joylar mavjudligini tekshiring.
Agar biron bir zararlanish
holati mavjud boʻlsa, pechni
ishga tushirmang va malakali
xizmat koʻrsatish xodimlariga
murojaat qiling.
2. Ushbu mikrotoʻlqinli pech oʻzining
ogʻirligi va pechda pishirilishi mumkin
boʻlgan eng ogʻir taomni tutib turishi
mumkin boʻlgan tekis, barqaror
yuzaga joylashtirilishi kerak.
3. Pechni issiqlik, zaxlik yoki yuqori
namlik hosil boʻladigan joyga yoki
yonuvchan materiallar yaqiniga
qoʻymang.
4. Toʻgʻri ishlashi uchun pechda yetarli
darajada havo oqimi boʻlishi kerak.
Pechning tepasida 20 sm, orqasida 10
sm va ikkala tomonidan 5 sm boʻsh joy
qoldiring. Jihozning birorta teshigini
toʻsib qopmang yoki yopmang.
Oyoqlarini olib tashlamang.
5. Pechni shisha patnis, aylanuvchi
tayanchsiz va val toʻgʻri oʻrnatilmagan
holda ishlatmang.
6. Elektr taʼminoti shnuri
shikastlanmaganligiga va pech
ostidan yoki issiq yoki oʻtkir yuzadan
oʻtmaganligiga ishonch hosil qiling.
7. Favqulodda vaziyatda elektr
taʼminotidan osongina uzib qoʻyish
uchun rozetka osonli bilan kirish
mumkin boʻlgan joyda boʻlishi kerak.
8. Pechni tashqarida ishlatmang.
3.2 Radio toʻsiqlar
Mikrotoʻlqinli pechning ishlashi radio,
televizor yoki shunga oʻxshash
qurilmalaringizga xalaqit berishi
mumkin.
Agar bunday holat yuz bersa, buni
quyidalarni bajarish orqali kamaytirish
yoki bartaraf etish mumkin:
1. Pechning eshigi va zichlash yuzasini
tozalang.
2. Radio yoki televizorning qabul qiluvchi
antennasi yoʻnalishini oʻzgartiring.
3. Mikrotoʻlqinli pechni qabul qilgichga
nisbatan joylashtirish.
4. Mikrotoʻlqinli pechni qabul qilgichdan
uzoqroqqa koʻchiring.
5. Mikrotoʻlqinli pechni u va qabul qilgich
boshqa tarmoq zanjirida boʻlishini
taʼminlash uchun boshqa rozetkaga
ulang.
3.3 Mikrotoʻlqinli pechda
pishirish tamoyillari
1. Oziq-ovqat mahsulotini ehtiyotkorlik
bilan joylashtiring. Eng qalin joylarni
idishda tashqarisiga qaratib qoʻying.
2. Pishirish vaqtiga qarang. Koʻrsatilgan
eng qisqa vaqt davomida pishiring
va kerak boʻlsa, yana vaqt qoʻshing.
Juda pishirib yuborilgan taomlar tutun
chiqarishi va alangalanishi mumkin.
3. Pishirish davomida ovqat ustini yopib
qoʻying. Qopqoqlar chayqalishning
oldini oladi va ovqatlarning bir tekis
pishishiga yordam beradi.
4. Tovuq va gamburger kabi taomlarni tez
pishirish uchun mikrotoʻlqinli pechda

Содержание

Похожие устройства

Скачать