Beko MGC20130BB [68/86] Xavfsizlik va atrof muhit boʻyicha

Beko MGC20130BB [68/86] Xavfsizlik va atrof muhit boʻyicha
Mikrotoʻlqinli pech / Foydalanuvchi qoʻllanmasi
68 / UZ
Jihozni har doim barqaror,
tekis, tozan quruq va
sirpanmaydigan yuzada
ishlating.
Jihoz tashqi soat taymeri
yoki alohida masofadan
boshqarish tizimi bilan
ishlatilmasligi kerak.
Jihozni birinchi marta
ishlatishdan oldin barcha
qismlarini tozalang.
“Tozalash va texnik xizmat
koʻrsatish” boʻlimida
berilgan tafsilotlarni koʻrib
chiqing.
Jihozni faqat ushbu
qoʻllanmada taʼriflanganidek
moʻljallangan maqsadda
ishlating.
Jihozdan foydalanish
davomida u issiq boʻladi.
Pech ichidagi issiq
qismlarga tegib ketmaslikka
eʼtibor bering.
Pechni boʻsh holda
ishlatmang.
Pishirish idishi qizdirilgan
taomdan idishga oʻtadigan
issiqlik tufayli qizib
ketishi mumkin. Idishni
ushlashingiz uchun pech
qoʻlqoplari kerak boʻlishi
mumkin.
Idishlar mikrotoʻlqinli
pechlarda foydalanishga
yaroqli ekanligiga
ishonch hosil qilish uchun
tekshirilishi kerak.
Pechni oshxona plitasi
yoki boshqa issiqlik ishlab
chiqaruvchi asboblar ustiga
qoʻymang. Aks holda, unga
zarar yetishi va kafolat
bekor boʻlishi mumkin.
Taom pishirilgandan keyin
qopqoqlar yoki folga
ochilganda bugʻ chiqishi
mumkin.
Jihoz ishlayotganda jihoz va
uning qoʻl tegishi mumkin
boʻlgan yuzalari juda issiq
boʻlishi mumkin.
Jihoz ishlayotganda eshik
va uning tashqi shishasi
juda issiq boʻlishi mumkin.
Elektr tarmogʻingiz jihozning
texnik tavsif yorligʻida
koʻrsatilgan maʼlumotlarga
mos kelishiga ishonch hosil
qiling.
Jihozni elektr tarmogʻidan
uzishning yagona yoʻli
elektr vilkasini rozetkadan
chiqarib olishdir.
1 Xavfsizlik va atrof-muhit boʻyicha
muhim koʻrsatmalar

Содержание

Похожие устройства

Скачать