Samsung WD80K52E0ZW/LD [104/192] Ishlatish amallari

Samsung WD80K52E0ZW/LD [104/192] Ishlatish amallari
40 O'zbek
Ishlatish amallari
Ishlatish amallari
Sozlanmalar
Bolalardan himoya qul
Bolalar tomonidan sodir etiladigan ko'ngilsiz
hodisalarni oldini olish uchun Bolalardan himoya qul
barcha tugmalarni qulaydi, faqat Quvvat tugmasidan
tashqari.
• Bolalardan himoya qul funksiyasini o'rnatish
uchun Температура (Harorat) va Полоскание
(Chayish) tugmalarni birgalikda 3 soniya bosib
turing. Faollashtirish uchun Boshlash/To'xtatishni
bosing.
• Boshlash/To'xtatish tugmasini bosishdan
oldin mashina eshigini ochishingiz yoki tegishli
tugmalarni bosgan holda sozlanmalarni
o'zgartirishingiz mumkin. Ammo kir yuvish
mashinasini ishga tushirish uchun Boshlash/
To'xtatish tugmasini bosgandan so'ng, Bolalardan
himoya qul faollashadi.
Bolalardan himoya qulni vaqtincha faolsizlashtirish
Eshikni oching va Температура (Harorat) va
Полоскание (Chayish) tugmalarni birgalikda 3 soniya
bosib turing. Bolalardan himoya qul funksiyasi
1 daqiqa vaqtinchalik faolsizlanadi va indikator
miltillaydi. Bu vaqtda, misol uchun, keyingi 2 daqiqa
ichida kirlarni solib, eshikni yopasiz. Aks holda, mashina
yana 2 daqiqa uchun ogohlantirish tovushini beradi.
Eshikni yopgandan so'ng, Bolalardan himoya qul
qayta faollashadi va indikator yonadi.
IZOH
Agar bolalardan himoya qul yoqilgan bo'lganda
kir yuvish vositasi yoki qo'shimcha kir solish yoki
sozlanmalarni o'zgartirish kerak bo'lsa, avval bolalardan
himoya qulni faolsizlashtirishi kerak.
Bolalardan himoya qulni bekor qilish
Температура (Harorat) va Полоскание (Chayish)
tugmalarni birgalikda 6 soniya bosib turing. Yoki agar
bolalardan himoya qul vaqtincha faolsizlangan bo‘lsa,
Температура (Harorat) va Полоскание (Chayish)
tugmalarni birgalikda 3 soniya bosib turing.
Tovush yoq./o'ch.
Tugmani yoqish yoki o'chirish holatiga sozlash mumkin.
Mashinani qayta ishga tushirgandan so'ng, soz
belgilagan sozlama o'z kuchida qoladi.
• Tovushni o'chirish yoki yoqish uchun Полоскание
(Chayish) va Отжим (Siqish) tugmalarini
birgalikda 3 soniya bosib turing.
• Tovushni tiklash uchun yana shu tugmalarni 3
soniya bosib turing.
WD80K52E0AW_04057B-00_UZ.indd 40 2019/5/14 16:10:50

Содержание

Похожие устройства

Скачать