Samsung WD80K52E0ZW/LD [117/192] Nosozliklarni bartaraf qilish

Samsung WD80K52E0ZW/LD [117/192] Nosozliklarni bartaraf qilish
O'zbek 53
Nosozliklarni bartaraf qilish
Muammo Yechimi
Mashina olayotgan suv
harorati noto'g'ri.
• Har ikki kranni oxirigacha oching.
• Harorat to'g'ri tanlanganligiga ishonch hosil qiling.
• Shlanglar tegishli kranlar to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling. Suv yo'llarini
tozalang.
• Suv isitgich kamida 120 °F (49 °C) haroratdagi issiq suvni yetkazib berishga
sozlanganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, suv isitgich quvvati va tiklash
tezligini tekshiring.
• Shlanglarni uzing va to'rsimon ltrni tozalang. To'rsimon ltr to'lib qolgan
bo'lishi mumkin.
• Mashina suv olayotganda, suv harorati o'zgarishi mumkin, chunki haroratni
avtomatik tarzda boshqarish funksiyasi kiruvchi suv haroratini tekshiradi. Bu
normal holat.
• Mashina suv olayotganda, sovuq yoki issiq harorat tanlangan bo'lsa, issiq va
(yoki) sovuq suvning dispenserdan o'tayotganligini kuzatishingiz mumkin.
Bu haroratni avtomatik boshqarish funksiyasi normal ish holatidir, chunki
mashina suv haroratini belgilaydi.
Kir yuvish sikli yakunidan
so'ng, yuvilgan kirlar ho'l.
• Yuqori yoki O'ta yuqori siqish tezligidan foydalaning.
• Haddan ortiq ko'pik hosil bo'lmasligi uchun yuqori darajada samarali (HE)
yuvish vositasidan foydalaning.
• Kir miqdori juda kam. Kam miqdorda (bitta yoki ikkita kiyim) kir yuvilganda,
ularning barabandagi taqsimlanish muvozanati bir xil bo'lmaydi va ular yaxshi
siqilmaydi.
• Suvni chiqarib tashlash shlangi bukilmagan yoki to'lib qolmaganligiga ishonch
hosil qiling.
Suv sizib chiqmoqda.
• Eshik yaxshi yopilganligini tekshiring.
• Barcha shlanglar mahkam ulanganligiga ishonch hosil qiling.
• Suvni chiqarib tashlash shlangi chiqindi oqova suv quvur yo'liga to'g'ri va
mustahkam ulanganligiga ishonch hosil qiling.
• Haddan ortiq ko'p kir solib yuvmang.
• Haddan ortiq ko'pik hosil bo'lmasligi uchun yuqori darajada samarali (HE)
yuvish vositasidan foydalaning.
Kirlarda g'alati hid bor.
• Haddan ortiq ko'pik hosik bo'lishi kirlarda hid paydo bo'lishiga olib kelishi
mumkin.
• Sanitariya holatini yaxshilash uchun vaqti-vaqti bilan barabanni tozalash siklini
ishlatib turing.
• Mashina eshigi zichlamasini (diafragma) tozalang.
• Yuvish sikli yakuniga yetgach, mashina ichki qismini quriting.
WD80K52E0AW_04057B-00_UZ.indd 53 2019/5/14 16:10:52

Содержание

Похожие устройства

Скачать