Samsung WD80K52E0ZW/LD [93/192] Qadam to g ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish

Samsung WD80K52E0ZW/LD [93/192] Qadam to g ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish
O'zbek 29
Ishga tushirishdan avval
6-QADAM - Tog’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish
Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga
bog’liq bo’ladi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo’ljallangan “kam ko’piklovchi” kir yuvish vositasidan
foydalaning.
IZOH
• Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga
asoslangan holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Suv qattiqligi darajasini
aniq bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti organiga murojaat qiling.
• Qattiqlashishga moyil bo'lgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish vositalari barabanning
suv chiqarish tirqishlarini berkitgan holda chayish siklidan keyin qolishi mumkin.
DIQQAT
Jun matolarni yuvish dasturi yordamida jun matolarni yuvganda, faqat neytral suyuq yuvish vositasidan foydalaning.
Junli matolar dasturida foydalanilganda kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi va kirning rangini o'chirishi mumkin.
Kir yuvish kapsulalari
Kir yuvish kapsulalaridan foydalanishda maksimal samara olish uchun quyidagi yo‘riqlarni bajaring.
1. Kapsulani bo‘m-bo‘sh barabanning tubiga orqa
tomoniga yaqinroq qo‘ying.
2. Kapsulani ustidan yuviladigan kirlarni joylashtiring.
WD80K52E0AW_04057B-00_UZ.indd 29 2019/5/14 16:10:47

Содержание

Похожие устройства

Скачать