Samsung WW60J32G0PS/LD [100/168] Nosozliklarni bartaraf qilish

Samsung WW60J32G0PS/LD [100/168] Nosozliklarni bartaraf qilish
44 O’zbek
Nosozliklarni bartaraf qilish
Nosozliklarni bartaraf qilish
Tekshirish nuqtalari
Agar sizda kir yuvish mashinasi bilan bog’liq muammolar vujudga kelsa, eng avvalo quyidagi jadvalga qarang va
tavsiyalarni sinab koring.
Muammo Yechimi
Ishga tushmayapti.
• Kir yuvish mashinasi elektr ta’minot rozetkasiga ulanganligini tekshiring.
• Eshik yaxshi yopilganligini tekshiring.
• Suv kranlari ochilganligini tekshiring.
• Mashinani ishga tushirish uchun Boshlash/To'xtatish tugmasini bosganingizga
ishonch hosil qiling.
• Bolalardan himoya qul faollashtirilmaganligiga ishonch hosil qiling.
• Kir yuvish mashinasi suv olishidan oldin eshik qulni tekshirish uchun u bir qator
qirsillagan tovushlar chiqaradi va tezkor drenajni amalga oshiradi.
• Saqlagichni tekshiring yoki zanjir uzgichni o'chirib, yoqing.
Suv ta'minoti yetarli
emas yoki umuman suv
ta'minlanmayapti.
• Suv quvur yo'li kranini oxirigacha oching.
• Eshik yaxshi yopilganligini tekshiring.
• Suv quyish shlangining muzlamaganligiga ishonch hosil qiling.
• Suv quyish shlangining bukilganligi yoki to'lib qolmaganligiga ishonch hosil
qiling.
• Yetarli darajada suv bosimi borligiga ishonch hosil qiling.
Yuvish sikli yakunlangach,
yuvish vositasi tortmasida
yuvish vositasi qolmoqda.
• Kir yuvish vositasining yetarli suv bosimi bilan ishlayotganligiga ishonch hosil
qiling.
• Kir yuvish vositasi tortmaning markaziga solinganligiga ishonch hosil qiling.
• Chayish qopqoqchasi to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
• Agar donador yuvish vositasidan foydalanilsa, yuvish vositasini tanlagich yuqori
holatga qo'yilganligiga ishonch hosil qiling.
• Chayish qopqoqchasini oling va yuvish vositasi tortmasini tozalang.
Mashina haddan tashqari
qattiq titrayapti yoki
shovqin chiqaryapti.
• Kir yuvish mashinasi tekis, qattiq, mashina sirpanmaydigan joyga
o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
Agar joy tekis bo'lmasa, mashina oyoqchasini buragan holda mashina tekisligini
sozlang.
• Tashish boltlarining olib qo'yilganligiga ishonch hosil qiling.
• Kir yuvish mashinasining boshqa narsalarga tegib turmaganligiga ishonch hosil
qiling.
• Kir yuklanishining tekis taqsimlanganligiga ishonch hosil qiling.
• Normal holatda ishlaganda ham, dvigatel shovqin chiqarishi mumkin.
• Kombinezon yoki bezaklari metaldan bo'lgan kiyimlarni yuvganda, ular shovqin
chiqaradi. Bu normal holat.
• Tanga kabi metal predmetlar ham shovqin chiqarishi mumkin. Yuvgandan so'ng,
bu predmetlarni baraban yoki ltr qutisidan olib tashlang.
WW60J32G0PW_DC68-04083F-UZ.indd 44 2020/8/10 9:31:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 1

Bu yerdan savolimga javob yo'q
1 год назад

Ответы 0

Siqish rejimi ishlamayapdi nima qilish kerak
1 год назад