Samsung WW60J32G0PS/LD [68/168] Xavfsizlik bo yicha ma lumotlar

Samsung WW60J32G0PS/LD [68/168] Xavfsizlik bo yicha ma lumotlar
12 O’zbek
Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar
Xavfsizlik bo’yicha malumotlar
Ularning ranglarining ochmaslik darajasi asosida kirlarni ranglar bo’yicha turlarga ajrating va tavsiya qilingan rejim,
suv harorati va qo’shimcha funksiyalarni tanlang.
• Bu ranglarning ochishiga yoki matoning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Eshikni yopayotganingizda bolalar barmoqlarining eshikka qisilib qolmasligiga ehtiyot bo’ling.
• Ushbu talabga amal qilmaslik shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Tozalashga oid muhim ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
Kir yuvish mashinasini unga suv sepish yo’li bilan tozalamang.
Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.
Kir yuvish mashinasini tozalash uchun benzin, erituvchilar yoki spirtdan foydalanmang.
• Bu ranglarning ochishi, deformatsiyalanish, elektr toki urishi yoki yonginga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko’rsatishdan avval uni devordagi rozetkadan uzing.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yonginga olib kelishi mumkin.
WEEE belgisiga oid korsatmalar
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning
elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli)
xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda
chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga
chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin
bo'lgan zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan
qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran
foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu
qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun
o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat osiga
murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari
va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning
elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tijoriy chiqindilar bilan birgalikda
chiqitga chiqarmaslik kerak.
Samsung kompaniyasining ekologiya bilan bog‘liq majburiyatlari va muayyan mahsulotga tegishli me’yoriy
majburiyatlari, jumladan Kimyoviy vositalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, baholash, ruxsat berish va cheklash to‘g‘risidagi
YeH Reglamenti (REACH), Elektr va eleketron qurilmalar chiqindilari to‘g‘risida YeH Direktivasi (WEEE) yoki batareyalar
bilan bog‘liq majburiyatlar haqida ma‘lumot uchun quyidagi saytga tashrif buyuring: www.samsung.com
WW60J32G0PW_DC68-04083F-UZ.indd 12 2020/8/10 9:31:47

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 1

Bu yerdan savolimga javob yo'q
1 год назад

Ответы 0

Siqish rejimi ishlamayapdi nima qilish kerak
1 год назад