Samsung WW60J32G0PS/LD [64/168] Xavfsizlik bo yicha ma lumotlar

Samsung WW60J32G0PSOLD [64/0] Xavfsizlik bo yicha ma lumotlar
8 O’zbek
Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar
Xavfsizlik bo’yicha malumotlar
Bolalarga kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o’ynashlariga yo’l qo’ymang. Bundan tashqari, mashinani
chiqitga chiqarishda kir yuvish mashinasi eshigining dastasini olib tashlang.
• Mashina ichiga kirgach bola tiqilib qolishi va bog’ilishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan qadoqlarni (gubka, penoplast)
olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.
Mashinaning kirlangan qismlarini gazolin, benzin, kerosin, bo’yoqlarning erituvchilari, spirt yoki boshqa yonuvchi
yoki portlovchi moddalar bilan yuvmang.
• Bu elektr toki urishi, yong’in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ishlayotganda (yuqori haroratli suv bilan kir yuvish/quritish/siqish rejimlarida) uning eshigini
kuch bilan ochmang.
• Kir yuvish mashinasidan oqib chiqayotgan suv kuyishga sabab bo’lishi yoki polni sirpanchiq qilishi mumkin. Bu
jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.
• Eshikni kuch bilan ochish mashinaning ishdan chiqishiga yoki jarohat olishiga sabab bo’lishi mumkin.
Mashina ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni tiqmang.
• Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.
Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang.
• Bu elektr toki urishiga sabab bo’lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini sug’urish orqali mashinani o’chirmang.
• Elektr manbaiga ulash vilkasini yana rozetkaga ulash uchqun chiqishiga sabab bo’lishi va elektr toki urishi yoki
yonginga olib kelishi mumkin.
Bolalarning mashina ustiga chiqishlariga yo’l qo’ymang.
• Bu elektr toki urishi, kuyish yoki jarohat olishga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni yoki metall buyumlarni tiqmang.
• Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash shnuridan tortgan holda rozetkadan uzmang. Har doim vilkani
mahkam ushlang va uni tog’ridan-tog’ri rozetkadan sug’urib oling.
• Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong’in va/yoki elektr toki urishiga olib kelishi
mumkin.
Kir yuvish mashinasini o’zingizcha ta’mirlash, qismlarga ajratish yoki o’zgartirishga urinmang.
• Standart shakldagi predoxranitellardan tashqari boshqa hech qanday predoxranitellardan (masalan, mis
qo’yilma, po’lat sim va hokaso) foydalanmang.
• Kir yuvish mashinasini ta’mirlash yoki qaytadan ornatish kerak bo’lgan hollarda o’zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat korsatish markaziga murojaat qiling.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yongin chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar
yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko’mib yubora boshlasa, elektr manbaiga ulash vilkasini
rozetkadan uzing.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yonginga olib kelishi mumkin.
WW60J32G0PW_DC68-04083F-UZ.indd 8 2020/8/10 9:31:46

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 1

Bu yerdan savolimga javob yo'q
1 год назад

Ответы 0

Siqish rejimi ishlamayapdi nima qilish kerak
1 год назад