Samsung ME-88SUB/BW [87/112] Xavfsizlik bo yicha muhim ko rsatmalar

Samsung ME-88SUT/BW [87/112] Xavfsizlik bo yicha muhim ko rsatmalar
O'zbek 3
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
XAVFSIZLIK BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH
UCHUN SAQLAB QO'YING.
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha zichlagichlari
shikastlangan bo'lsa, pechni vakolatli shaxs tomonidan
ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining ta'siridan himoya
qiluvchi qopqoqni ochish bilan bog'liq xizmat ko'rsatish yoki
ta'mirlash vakolatli shaxs tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu
zararlidir.
OGOHLANTIRISH: Suyuqlik va boshqa taomlar mahkam yopilgan
idishlarda isitilmasligi kerak, chunki ular portlab ketishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz foydalanishlariga
faqat bola pechdan xavfsiz ravishda foydalana oladigan va noto'g'ri
foydalanish xavfliligini tushunganda kerakli ko'rsatmalar berilgandan
keyingina ruxsat bering.
Bu qurilma faqat ro‘zg‘orda ishlatishga mo‘ljallangan, uni quyidagi
joylarda ishlatmang:
do‘kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar oshxonasida;
og‘ilxonalarda;
mehmonxona va boshqa yashash joylarida mijozlar tomonidan;
to‘shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda.
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan
idishlardan foydalaning.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish xavfi
mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.
Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish uchun
mo'ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni quritish va yostiqchalar,
shippaklar, gubkalar, nam kiyimlar kabilarni isitish jarohat olish,
uchqun chiqishi yoki yong'in xavfining vujudga kelishiga olib kelishi
mumkin.
Tutun chiqsa, qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga ulash
kabelini rozetkadan sug'uring va har qanday alangani o'chirish
uchun eshikchani ochib qo'ying.
Ichimliklarni mikroto'lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib
ketishi mumkin, shuning uchun idishlarni ushlashda ehtiyot bo'lish
lozim.
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun
bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda
kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini
tekshirib ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda
isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin
ham mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishi mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom
qoldiqlarini olib tashlash lozim.
ME88SUT_BW_DE68-04559B-02_RU+UK+KK+UZ.indb 3 2/18/2019 5:36:51 PM

Содержание

Скачать