Samsung ME-88SUB/BW [93/112] Xizmat ko rsatish

Samsung ME-88SUB/BW [93/112] Xizmat ko rsatish
O'zbek 9
Xizmat ko‘rsatish
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
Pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun muntazam tozalab turing. Ayniqsa eshigi, eshik zichlagichiga,
aylanuvchi patnis va rolikli taglikka (faqat tegishli modellarda) ahamiyat bering.
Agar eshigi yaxshi ochilmasa yoki yopilmasa, birinchi navbatda eshik zichlagichida kir to‘planib qolmaganligini
tekshirish kerak. Pechning ichki va tashqi sirtlarini tozalash uchun sovunli suvda namlangan yumshoq latta ishlating.
Yuving va quriting.
Pechdan ketmaydigan dog‘lar va noxush hidni ketkazish
1. Pechda yot jismlar yo‘qligiga amin bo‘ling va suv qo‘shilgan limon sharbati solingan stakanni aylanuvchi patnis
o‘rtasiga qo‘ying.
2. Pechni maksimal quvvatda 10 daqiqa davomida isiting.
3. Sikl tugagach, pech sovishini kuting. Keyin eshigini ochib, tayyorlash kamerasini artib tashlang.
Aylanuvchi isitgichli modellarda ichki sirtni tozalash
A
Tayyorlash kamerasining tepa qismini tozalash uchun rasmda
ko‘rsatilganidek qilib, yuqori isitish elementini 45° (A) pastga
tushiring. Shunda tepa qismiga qo‘l yetadigan bo‘ladi. Ishni
tugatgach, yuqori isitish elementini joyiga ko‘tarib qo‘ying.
DIQQAT
Eshigida va eshik zichlagichida kir to‘planib qolmasligi uchun kuzatib boring: eshik ravon ochilishi va yopilishi
kerak. Aks holda pechning ishlash muddati qisqarishi mumkin.
Pechning ventilyatsion tirqishlariga suv quymang.
Tozalashda abraziv yoki kimyoviy moddalar ishlatmang.
Har gal ishlatgandan keyin pech sovishini kuting, keyin yumshoq yuvish vositasi yordamida tayyorlash
kamerasini tozalang.
Almashtirish (tamirlash)
OGOHLANTIRISH
Pech ichida yechib olinadigan qismlari yo‘q. Pechni o‘zingizcha ta’mirlash yoki detallarini almashtirishga urinmang.
Oshiq-moshiq, zichlagich va/yoki eshikda muammo yuz bersa, yordam uchun malakali texnik mutaxassis yoki
mahalliy Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
Agar lampani almashtirish zarur bo‘lsa, mahalliy Samsung xizmat markaziga murojaat qiling. O‘zingiz
almashtirmang.
Agar pechning tashqi korpusi bilan muammo yuzaga kelsa, avval tokdan uzing, keyin mahalliy Samsung xizmat
ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Uzoq vaqt foydalanilmaydigan bo‘lsa
Pechni uzoq vaqt ishlatmasangiz, tokdan uzing va pechni quruq, changsiz joyga ko‘chiring. Pech ichida yig‘iladigan
chang va namlik uning ishlashiga tasir ko‘rsatishi mumkin.
ME88SUT_BW_DE68-04559B-02_RU+UK+KK+UZ.indb 9 2/18/2019 5:36:52 PM

Содержание

Скачать