Samsung ME-88SUB/BW [88/112] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung ME-88SUT/BW [88/112] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
4 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib
kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy
ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pech pechtaxta ustida yoki alohida foydalanish uchun
mo'ljallangan, pech shkaf ichiga o'rnatilmasligi kerak.
Mikroto‘lqin yordamida pishirishda taom va ichimliklarni metall
idishlarga solish mumkin emas.
Jihoz ichidan idishlarni olayotganda aylanuvchi patnis siljib
ketmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.
Jihozni bug‘da tozalagich bilan tozalash mumkin emas.
Mikroto'lqinli pechni suv sepib tozalash mumkin emas.
Bu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash transport vositalariga
o'rnatish uchun mo'ljallanmagan.
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki
bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar)
foydalanishlari mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar
shaxs tomonidan bu qurilmadan foydalanish to'g'risida ularga
ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz
kerak.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki
aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma
berilgan taqdirda va uning xavfini tushungan holda foydalanishi
mumkin. Bolalar bu qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va
texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga
oshirilmasligi kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning
oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish
agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
Bu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan foydalanish oson bo'lgan
tarzda to'g'ri yo'nalish va balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga suv
qo'yilgan holda ishlatilishi va keyin foydalanilishi kerak.
Agar ishlaganda bu pech g'alati shovqin, kuygan hid yoki
tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va
yaqinroqdagi xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish
mumkin bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
ME88SUT_BW_DE68-04559B-02_RU+UK+KK+UZ.indb 4 2/18/2019 5:36:51 PM

Содержание

Скачать